GROSS marketing samaradorligi bo‘yicha eng yaxshi kompaniyalar qatoridan joy oldi va sug‘urta kompaniyalari orasida birinchi o‘rinni egalladi

30.05.2025

image preview
GROSS sug‘urta kompaniyasi brendlarning marketing samaradorligi reytingida eng yuqori 5 talikdan joy oldi.GROSS 2024-yil uchun O‘zbekiston brendlarining marketing samaradorligi reytingida 5-orinni va "Sug‘urta kompaniyalari" nominatsiyasida 1-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan har yili o‘tkaziladigan organishlar kompaniyalarning kreativligi, innovatsiyalari va strategiyalarining muvaffaqiyatini baholaydi. Reyting taniqli mahalliy va xalqaro brendlarning 200 nafar rahbar va marketologlaridan iborat ekspert kengashi kuzatuvi ostida tuziladi. Bunday nufuzli professional hamjamiyat tomonidan GROSS marketing samaradorligining yuqori baholanishi kompaniyaning brendni strategik boshqarish sohasidagi yetakchiligini, shuningdek, uning o‘zgarishlarga moslashish va raqobatli sug‘urta bozorida o‘z xizmatlarini muvaffaqiyatli ilgari surish qobiliyatini tasdiqlaydi.

 

"Biz nafaqat yetakchi o‘rinlarni egallashga, balki innovatsiyalar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini belgilashga intilamiz. GROSS O‘zbekistonda birinchi bo‘lib B2C tarzda sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha onlayn polislarni rasmiylashtirishni boshladi. Bizning mutaxassislarimiz sug‘urta hodisasi yuz berganda tezkor yordam berish yoki hatto shunchaki yoningizda bo‘lish va yuzaga keladigan savollarga javob berish uchun sug‘urta egalari bilan tun-u kun va dam olish kunisiz barcha mumkin bo‘lgan aloqa kanallari orqali aloqada bo‘lishadi. Biz biznes-jarayonlarni avtomatlashtirmoqdamiz, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etmoqdamiz, bularning barchasi hatto bugungi kun emas, balki ertangi kun talablariga javob berish uchun amalga oshirilmoqda, — deb qayd etdi GROSS boshqaruvi raisi Otabek Nazarov. — Marketing samaradorligi kompaniyaning moliyaviy natijalari bilan tasdiqlanadi. Faqatgina yo‘nalishlardan biri bolmish xalqaro yo‘nalishdan misol keltiraman. Bugungi kunda 79 mamlakatda qayta sug‘urtalash faoliyatini muvaffaqiyatli olib bormoqdamiz. 2024-yilda qayta sug‘urtalash hajmi 392 foizga oshganligi GROSS’ga bo‘lgan ishonchning yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi. Xorijiy kompaniyalardan qabul qilingan qayta sug‘urtalash hajmining to‘rt baravarga o‘sishi jamoamiz erishgan yutuqlarning salmoqli ekanligini tasdiqlaydi. Jahonning yetakchi sug‘urta konsernlari va brokerlari bilan mustahkam sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, qayta sug‘urta shartnomalari hajmlarini oshirish va global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamlash rejalashtirilgan".

 

Marketing va reklamaga oid tashabbuslarimiz kompaniyaga taniqlilik borasida yetakchilikni ta’minlaydi. Buni De Facto marketing agentligi tomonidan o‘tkazilgan organish natijalari tasdiqlaydi.

 

"GROSS mijozlarning ehtiyojlariga diqqat-e’tiborini qaratadi, sug‘urta mahsulotlarini yangi talablarga mos ravishda doimiy tarzda takomillashtirib boradi va marketingda zamonaviy yondashuvlarni joriy etadi. Masalan, biz sug‘urta xizmatlarini targ‘ib qilishdan ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirishga e’tibor qaratdik. Quvonarlisi, bu professional hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi va bizning XAVFSIZ HARAKAT ijtimoiy loyihamiz bu yil to‘rtta Jolbors mukofotiga va ikkita TAF mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan va biz bilan birgalikda hayotni yanada qulay va xavfsiz qilayotgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Biz marketing sohasida yangilik yaratuvchi ekanimizdan va sug‘urta bozorida trendlarni belgilab berayotganimizdan faxrlanamiz," — deydi GROSS boshqaruvi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov.

 

Sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston agentliklari reytingida yuqori o‘rinlarni egallab turgan yetakchi kreativ va marketing agentliklari hamda ishlab chiqarish studiyalari bilan hamkorlik qiladi. Ular orasida «Синтез» (reytingda 1-o‘rin), Vazari, Lunar kompaniyalari bor. XAVFSIZ HARAKAT ijtimoiy loyihasining "Ko‘chma belgilar" keysi qo‘shma loyihasi bu yil "Jolbors" va "TAF" xalqaro festivallarining nufuzli mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

2024-yilda GROSS kompaniyasining xalqaro mukofotlari, reytinglari va sovrinlari:
● "Umumiy sug‘urta bo‘yicha eng yaxshi kompaniya" (Best Non-Life Insurance Company) nominatsiyasida International Finance Awards tanlovi golibi.
● O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing uyushmasi tomonidan "Yil brendi" maqomiga sazovor bo‘ldi. 
● O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing uyushmasi tomonidan "O‘zbekistonda 2023-yilda sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha ijobiy hal etilgan murojaatlar soni bo‘yicha yetakchilik uchun" maxsus mukofoti berildi. 
● Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi talqiniga ko‘ra Gross sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingi "B+" darajasida, "Barqaror" prognozi bilan tasdiqlandi.
● GROSS sug‘urta kompaniyasi XAVFSIZ HARAKAT ijtimoiy loyihasining "Ko‘chma belgilar" keysi Jolbors Festival'ning to‘rtta mukofot: "Marketing" toifasida "Tajriba va brendni faollashtirish" nominatsiyasida oltin, "Matbuot va tashqi reklama" toifasida "G‘oyalar" nominatsiyasida va "Media" toifasida "Bosma materiallardan ijodiy foydalanish" nominatsiyasida kumush, shuningdek, "Strategiya" nominatsiyasida bronza mukofoti sovrindori bo‘ldi.
● GROSS sug‘urta kompaniyasining XAVFSIZ HARAKAT ijtimoiy loyihasi TAF! xalqaro reklama festivalida Marketing & Creative effectiveness. PR campaign (Marketing va kreativ samaradorlik. PR-kampaniya) va Social/ESG (Ijtimoiy va ESG loyihalar) nominatsiyalarida ikkita bronza mukofotini qo‘lga kiritdi.
● Gazet International Awards 2024 xalqaro mukofoti: O‘zbekistonda sug‘urta bo‘yicha eng yaxshi mijoz xizmati uchun mukofot — Best Customer Service in Insurance Uzbekistan 2024 qo‘lga kiritildi.

 

O‘zbekiston marketing uyushmasi — Markaziy Osiyodagi eng yirik marketologlar biznes hamjamiyati. Uyushmaning vazifalari O‘zbekistonda marketingni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan brendlar, agentliklar va ekspertlarni birlashtirish, kasbiy qiziqishlarni ifodalash, kasbga oid normalarni ishlab chiqish va takomillashtirish, marketologlar malakasini oshirish, marketing va reklama sohasida xalqaro hamkorlik qilishdan iborat.

Yangiliklar va maqolalar

news image
10.12.2025

Sug‘urta hodisasi nima va u nimalarni o‘z ichiga oladi

Sug‘urta hodisasi nima: sug‘urta hodisasiga qanday vaziyatlar kiradi va ularning tarkibiga nimalar kiradi? Materialda sug‘urta hodisasining asosiy mezonlari va uni qo‘llash misollari tahlil qilingan, maqola bilan tanishing!

news image
10.12.2025

KASKO: avtomobil sug‘urtasi va byudjetni tejashning foydali usuli | KASKO qanday ishlaydi va u nimani qoplaydi

KASKO avtomobilni shikastlanish, o‘g‘irlash va kutilmagan xarajatlardan himoya qilishga yordam beradi. KASKOning afzalliklari nimada va u qachon avtomobil egasi uchun ayniqsa foydali? Maqolada biz polisning o‘ziga xos xususiyatlari va uning imkoniyatlarini batafsil ko‘rib chiqamiz, mos variantni qanday tanlashni bilib oling!

news image
10.12.2025

O‘zbekistonda mol-mulk sug‘urtasi qanday ishlaydi | Mol-mulkni himoya qilish

O‘zbekistonda mol-mulk sug‘urtasi qanday ishlaydi va u qanday xavflarni qoplaydi? Polis rasmiylashtirishdan oldin nimalarni bilish kerak va kompensatsiya to‘lovi qanday amalga oshiriladi? Maqolada mulkni himoya qilishning asosiy shartlari va xususiyatlari batafsil yoritilgan, saytdagi material bilan tanishing!

news image
10.12.2025

Turist sug‘urtasi: zaruriyat yoki ortiqcha xarajatlar | Sug‘urta sayohatchiga haqiqatan ham qachon yordam beradi

Turist sug‘urtasi sayohat paytida moliyaviy xavf-xatarlardan qochishga va kutilmagan xarajatlarni qoplashga yordam beradi. Har bir sayohatchiga turistik sug‘urta kerakmi? Maqolada polis qanday vaziyatlarda haqiqatan ham foydali ekanligini va nima uchun uni sayohatdan oldin rasmiylashtirish kerakligini ko‘rib chiqamiz

news image
29.09.2025

O‘zbekistonda: majburiy avtosug‘urta qaysi xarajatlarni qoplaydi va onlayn polisni qanday rasmiylashtirish mumkin

O‘zbekistonda TVEFJMS: majburiy avtosug‘urta nimalarni o‘z ichiga olishini, TVEFJMS sug‘urta polisiga qanday xavflar kiritilganini va internet orqali onlayn avtosug‘urtani qanday qulay rasmiylashtirish mumkinligini bilib oling. Haydovchilar va avtomobil egalari uchun amaliy ma’lumotlarni GROSS.UZ saytidan oling!

news image
26.09.2025

YTHdan keyingi ta’mirlash qimmatroqmi yoki KASKO polisimi?

YTHdan keyin avtomobilni ta’mirlash yoki KASKO polisi qimmatroq bo‘lishini bilib oling. Avtomobilni ta’mirlash xarajatlarini taqqoslaymiz, xavflarni tahlil qilamiz va GROSS.UZ saytida haydovchi uchun qulay himoya variantini qanday tanlash haqida so‘zlab beramiz!