Ko‘rinish

Shrift o'lchami

Kattalashtirish 0%
Русский
O'zbek
English

Hatto kutilmagan hodisa yuz bergan taqdirda ham shaxsiy hujjatlar himoyada.

GROSS-DOC — bu shaxsiy hujjatlarni sug‘urtalash bo‘lib, yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda ularni tiklash xarajatlari qoplanishini ta’minlaydi.

"GROSS-DOC" qanday xarajatlarni qoplaydi?

ID-karta va pasport — O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti, ID-kartasi, xorijga chiqish pasporti.

Haydovchilik guvohnomasi — milliy haydovchilik plastik guvohnomasi.

TVni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma — avtomobil yoki motosikl uchun texnik pasport.

Boshqa hujjatlar — xorijga chiqish pasporti. Agar siz bu hujjatni yoʻqotsangiz, moliyaviy zarar koʻrasiz.

Afzalliklari

Davlat bojlari va yig‘imlar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rasmiy xarajatlar qoplanadi.

Butun dunyo bo‘ylab qo‘llab-quvvatlash — himoya qaysi mamlakatda bo‘lishdan qat’i nazar amal qiladi.

1 daqiqada onlayn tarzda rasmiylashtirish, buning uchun telefon va internet kifoya.

Oddiy to‘lov mexanizmi — siz hujjatlarni tiklaysiz, ariza topshirasiz va tovon olasiz.

MUHIM

Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning ularni tiklash va vakolatli organlarda davlat bojlari hamda yig‘imlarni to‘lash zaruratini keltirib chiqaradigan yo‘qolishi yoki jismonan shikastlanishi sug‘urta hodisasi deb hisoblanadi.

Tovon to‘lashda istisnolar:

Amal qilish muddati tugagan yoki polisda ko‘rsatilmagan hujjatlarni yo‘qotish.

Yuridik xarajatlar, vositachilik, transport yoki yashash xarajatlari.

Hujjatlarni rejali almashtirish yoki shaxsiy ma’lumotlarni o‘zgartirish.

Hujjatlarga qasddan zarar keltirish yoki yolg‘on axborot berish.

«GROSS-DOC» boʻyicha ommaviy oferta6.2 MB
Sugʻurtani 4 bosqichda rasmiylashtirish
Zudlik bilan hisoblash
Narxni darhol bilib oling
3 daqiqada rasmiylashtirish
3 daqiqa ichida toʻldirish
Onlayn toʻlov
Har qanday usullar bilan toʻlash
Elektron polisni yuklab olish
Toʻlovdan keyin polisni yuklab oling
Sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

Sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

Sug‘urta kompaniyasini hodisa haqida har qanday qulay usulda xabardor qiling.
Shaxsiy hujjatlarni oʻz hisobingizdan qayta tiklang.
Tegishli xarajatlar amalga oshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida Sugʻurtalovchiga yozma arizani topshiring va ommaviy ofertaning 8.2-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qiling.

Eng qulay rasmiylashtirish usulini tanlang

Onlayn

Kerakli ma’lumotlarni toʻldiring va onlayn polis haqqini toʻlang.

Telefon orqali

Mijozlarni qoʻllab-quvvatlash markaziga 1166 raqami orqali qoʻngʻiroq qiling.

Kompaniyaning ofislarida

Eng yaqin ofisga keling va ma’lumotlarni toʻldiring.

Mijozlar va hamkorlar

Minglab odamlar va korxonalar o'z manfaatlarini himoya qilishda bizga ishonadi!