"AVTO-MED" sugʻurta mahsuloti — bu baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug‘urtalash bo‘lib, yo‘l-transport hodisasi natijasida jarohatlanish, nogironlik yoki o‘lim holatlarida moliyaviy himoyani ta’minlaydi.
Tan jarohatida — yo‘l-transport hodisasi natijasida jarohatlanganda yoki sog‘liqning boshqa buzilishlarida to‘lanadigan to‘lov.
Nogironlikda — yo‘l-transport hodisasidan keyin 6 oy ichida I, II yoki III guruh nogironligi belgilangan taqdirda to‘lanadigan tovon.
O‘lim — sug‘urta summasining 100 foizi merosxo‘rlarga yoki naf oluvchilarga to‘lanadi.
Avtomobildagi barcha ishtirokchilariga tovon to‘lash — himoya haydovchi va transport vositasidagi yo‘lovchilar uchun amal qiladi.
O‘zbekistonning butun hududida amal qiladi — sug‘urta himoyasi mamlakatning istalgan nuqtasida ta’minlanadi.
5 daqiqada elektron polis — polisni to‘liq onlayn tarzda rasmiylashtirish va olish.
Tezkor to‘lov — tovon sug‘urta hodisasi tan olingandan keyin 5 ish kuni ichida to‘lab beriladi.
YTH mototsikl, moped yoki skuter ishtirokida boshqa transport vositasi bilan to‘qnashuvsiz sodir bo‘lganda.
Rul boshqaruvida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yoki alkogol/narkotik modda ta’sirida mastlik holatidagi odam bo‘lganda.
Jarohat qasddan qilingan harakatlar natijasida yetkazilganda.
O‘z joniga qasd qilishga urinish yoki o‘ziga zarar yetkazish holatlari mavjud bo‘lganda.
Hodisa harbiy harakatlar, isyon, terrorchilik harakati yoki yadroviy tahdid bilan bog‘liq bo‘lganda.

Mijozlarni qoʻllab-quvvatlash markaziga 1166 raqami orqali qoʻngʻiroq qiling.
Minglab odamlar va korxonalar o'z manfaatlarini himoya qilishda bizga ishonadi!










