Ko‘rinish

Shrift o'lchami

Kattalashtirish 0%
Русский
O'zbek
English

«GAZ-BALLON» sug‘urta mahsuloti yo‘lda xavfsizligingiz himoyasiga xizmat qiladi hamda har qanday sharoitda ham xotirjamlik hissini beradi.

«GAZ-BALLON — sug‘urta mahsuloti bu haydovchi va yo‘lovchilarni avtomobildagi gaz ballon uskunasi (GBU) portlashi oqibatlaridan himoya qilishni ta’minlaydigan maxsus sug‘urta dasturidir.

Polis qanday xarajatlarni qoplaydi?

GBU portlashi yoki yonishi. Yo‘l-transport hodisasida portlash yoki yong‘in natijasida transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballon uskunasining (GBU) shikastlanishi yoki butunlay yo‘q qilinishidan ko‘rilgan zararni qoplash.

Haydovchi bilan baxtsiz hodisa. YTHda GBU portlashi yoki yonishi natijasida haydovchi jarohatlanganda yoki halok bo‘lganda to‘lanadigan to‘lovlar.

Uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi. GBU ishtirokidagi hodisa natijasida uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash.

Afzalliklari:

Himoya O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi.

Portlash yoki yong‘in natijasida yetkazilgan zarar, hatto haydovchi aybdor deb topilgan taqdirda ham, qoplanadi.

Uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar sog‘liq yoki hayotga zarar yetkazilgan taqdirda sug‘urta summasining 65 foizigacha, mol-mulkka zarar yetkazilganda sug‘urta summasining 35 foizigacha miqdorda qoplanadi.

Polisni elektron tarzda rasmiylashtirish va olish.

Haqiqiyligini QR kod orqali o‘ng‘ay tekshirish.

«GAZ-BALLON» sugʻurta mahsuloti boʻyicha ommaviy oferta4.9 MB
Sugʻurtani 4 bosqichda rasmiylashtirish
Zudlik bilan hisoblash
Narxni darhol bilib oling
3 daqiqada roʻyxatdan oʻtish
3 daqiqa ichida toʻldirish
Onlayn toʻlov
Har qanday usullar bilan toʻlash
Elektron polisni yuklab olish
Toʻlovdan keyin polisni yuklab oling
Sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

Sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

Kompaniyaning 1166 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va operatorlarning ko‘rsatmalariga amal qiling.
Yong‘in yoki portlash sodir bo‘lganda favqulodda xizmatlar — YHXB va FVVni chaqiring.
Voqeani vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazing.
Oqibatlarni fotosuratga yoki videotasvirga oling.
Sug‘urta kompaniyasi bilan kelishmasdan ta’mirlashni boshlamang.

Eng qulay roʻyxatdan oʻtish usulini tanlang

Onlayn

Kerakli ma’lumotlarni toʻldiring va onlayn polis haqqini toʻlang.

Telefon orqali

Mijozlarni qoʻllab-quvvatlash markaziga 1166 raqami orqali qoʻngʻiroq qiling.

Kompaniyaning ofislarida

Eng yaqin ofisga keling va ma’lumotlarni toʻldiring.

Mijozlar va hamkorlar

Minglab odamlar va korxonalar o'z manfaatlarini himoya qilishda bizga ishonadi!