29.05.2025

Yo‘llarda avtohalokatlarning yuqoriligi va piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining ko‘pligi O‘zbekistonning eng dolzarb muammolaridan biridir. GROSS sug‘urta kompaniyasi an’anaviy reklamadan voz kechib, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish borasida diqqat-e’tiborni kuchaytirishga qaror qildi va Toshkent shahri IIBB, yetakchi ommaviy axborot vositalari, davlat tuzilmalari va ijtimoiy mas’uliyatli biznes bilan hamkorlikda keng ko‘lamli XAVFSIZ HARAKAT loyihasini boshlab berdi. Loyiha g‘oyasi va uni qo‘llab-quvvatlash «Sintez» kreativ agentligi va VAZARI marketing agentligiga taalluqlidir.
“TAF! festivali ekspertlari kompaniyaning pullarini yangi xizmatlarni reklama qilishga emas, balki shahar muhitini rivojlantirish va yurtdoshlarimizning hayot sifatini yaxshilashga sarflash g‘oyamizni qadrlaganidan mamnunmiz. XAVFSIZ HARAKAT ijtimoiy loyihasini qo‘llab-quvvatlagan barcha hamkorlarimizdan chin dildan minnatdormiz. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan biz yo‘l harakati xavfsizligi muammolariga e’tiborni jalb qilishga va odamlarning hayoti hamda sog‘lig‘ini saqlab qolishga yordam beradigan aniq yechimlarni taklif qilishga muvaffaq bo‘ldik. Nur qaytaruvchi sumkalar chiqarish, avtomobilni avtohalokatlarsiz boshqarayotgan haydovchilarni rag‘batlantirish, Toshkent ko‘chalarini piyodalar uchun qulaylik nuqtayi nazaridan monitoring qilish, havaskor sportchilarni qo‘llab-quvvatlash kabi ko‘plab tashabbuslarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldik. Ijtimoiy loyihaning barcha ishtirokchilarining resurslarini birlashtirib, biz axborotni an’anaviy ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali ham, yangi, nostandart vositalarni yaratish orqali ham keng auditoriyaga yetkazdik”, – deb qayd etib o‘tdi GROSS sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi raisi Otabek Nazarov. U shuningdek quyidagilarni qo‘shimcha qildi: “Ushbu qadamlar bizning katta loyihamizning boshlanishi, xolos. Yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, barcha aholi uchun qulay bo‘lgan to‘siqsiz shahar muhitini yaratish, ekologik vaziyatni yaxshilash va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar ham rejalarimizda bor”.
Ijtimoiy loyihaga auditoriya e’tiborini jalb qilish uchun turli xil kommunikatsiya vositalaridan foydalanilmoqda.
Tashqi reklama: yo‘l belgilarining ma’nosini sodda tilda tushuntirish bo‘yicha respublika reklama-axborot kampaniyasini o‘tkazildi.
Influence-marketing: mashhur san’atkorlar Konsta va Anvar Jo‘rayev tomonidan YTH qurbonlari haqida «Yashagim Kelar» qo‘shig‘i yozildi va unga klip suratga olindi.
Nostandart tashuvchilarni yaratish: UZUM Market bilan birgalikda piyodalarning ko‘rinishini yaxshilash uchun yorug‘likni aks ettiruvchi sumkalar ishlab chiqildi.
Tadbir marketingi:
● mashhur triatlonchi Shavkat Musinov bilan Toshkent shahri bo‘ylab 100 km masofa bosib o‘tilib, 117 ta muammoli nuqtalar aniqlandi;
● loyiha Xalqaro Toshkent marafonining hamkori bo‘ldi va eng himoyatalab guruhlar — bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksa fuqarolarni qo‘llab-quvvatladi;
● yo‘llarda xavfsizlik bo‘yicha darslar o‘tildi va zaif eshituvchi bolalar uchun internat tarbiyalanuvchilari nur qaytaruvchi sumkalar bilan ta’minlandi.
SMM: Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish muhimligini targ‘ib qiluvchi va yo‘llarda xavfsizlik mavzusida jamoatchilik muhokamasini olib borish imkonini beruvchi platforma sifatida ijtimoiy tarmoqlarda hamjamiyat yaratdik. Masalan, barcha xohlovchilar Toshkent bo‘ylab 100 kilometrlik masofa bosib o‘tilishini Telegramda jonli efirda tomosha qilishi mumkin edi.
Ambient marketing: Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda XAVFSIZ HARAKAT va GROSS kompaniyasining maxsus “tezkor brigadalari” tomonidan Toshkent ko‘chalarida yil davomida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilar maxsus “baxt maktublari” bilan taqdirlandi — ularga avtosug‘urta polisini rasmiylashtirish uchun vaucherlar topshirildi.
PR: loyiha mavzusining dolzarbligi ommaviy axborot vositalarining katta e’tiborini tortdi. Masalan, loyihaga My5 kanalida ikkita jonli efir (Markaziy studiya dasturi), Zo‘r TV kanalida jonli efir (“Ertalabdan salom” tongi shousi), shuningdek, barcha yetakchi davlat va xususiy ommaviy axborot vositalarida ko‘plab maqolalar va reportajlar bag‘ishlandi.
2023-yil oktyabr oyida boshlangan paytidan beri ijtimoiy loyihaning umumiy qamrovi 20 milliondan ortiq kishini tashkil etdi. Sentyabr oyi oxirida XAVFSIZ HARAKAT loyihasining “Ko‘chma belgilar” keysi bir vaqtning o‘zida Jolbors Festival–2024 festivalining to‘rtta mukofotiga: “Marketing” toifasida “Tajriba va brendni faollashtirish” nominatsiyasida oltin, “Matbuot va tashqi reklama” toifasida “G‘oyalar” nominatsiyasida kumush va “Media” toifasida “Bosma materiallardan ijodiy foydalanish” nominatsiyasida kumush, shuningdek, “Strategiya” toifasida bronzaga sazovor bo‘ldi.
GROSS sug‘urta kompaniyasining kreativ va reklama loyihalari an’anaviy ravishda xalqaro festivallarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritadi. Masalan, 2022-yilda TAF! festivalining professional hakamlar hay’ati GROSSning “Har yo‘l – oq yo‘l” reklama kampaniyasini uchta mukofot bilan taqdirladi. O‘sha yilning o‘zidayoq “GROSS bilan — faqat yoqimli xotiralar!” kampaniyasi Red Jolbors festivalida “kumush” bilan taqdirlandi.

Sug‘urta hodisasi nima: sug‘urta hodisasiga qanday vaziyatlar kiradi va ularning tarkibiga nimalar kiradi? Materialda sug‘urta hodisasining asosiy mezonlari va uni qo‘llash misollari tahlil qilingan, maqola bilan tanishing!

KASKO avtomobilni shikastlanish, o‘g‘irlash va kutilmagan xarajatlardan himoya qilishga yordam beradi. KASKOning afzalliklari nimada va u qachon avtomobil egasi uchun ayniqsa foydali? Maqolada biz polisning o‘ziga xos xususiyatlari va uning imkoniyatlarini batafsil ko‘rib chiqamiz, mos variantni qanday tanlashni bilib oling!

O‘zbekistonda mol-mulk sug‘urtasi qanday ishlaydi va u qanday xavflarni qoplaydi? Polis rasmiylashtirishdan oldin nimalarni bilish kerak va kompensatsiya to‘lovi qanday amalga oshiriladi? Maqolada mulkni himoya qilishning asosiy shartlari va xususiyatlari batafsil yoritilgan, saytdagi material bilan tanishing!

Turist sug‘urtasi sayohat paytida moliyaviy xavf-xatarlardan qochishga va kutilmagan xarajatlarni qoplashga yordam beradi. Har bir sayohatchiga turistik sug‘urta kerakmi? Maqolada polis qanday vaziyatlarda haqiqatan ham foydali ekanligini va nima uchun uni sayohatdan oldin rasmiylashtirish kerakligini ko‘rib chiqamiz

O‘zbekistonda TVEFJMS: majburiy avtosug‘urta nimalarni o‘z ichiga olishini, TVEFJMS sug‘urta polisiga qanday xavflar kiritilganini va internet orqali onlayn avtosug‘urtani qanday qulay rasmiylashtirish mumkinligini bilib oling. Haydovchilar va avtomobil egalari uchun amaliy ma’lumotlarni GROSS.UZ saytidan oling!

YTHdan keyin avtomobilni ta’mirlash yoki KASKO polisi qimmatroq bo‘lishini bilib oling. Avtomobilni ta’mirlash xarajatlarini taqqoslaymiz, xavflarni tahlil qilamiz va GROSS.UZ saytida haydovchi uchun qulay himoya variantini qanday tanlash haqida so‘zlab beramiz!