GROSS xalqaro sug‘urta bozorida faoliyat geografiyasini kengaytirmoqda

29.05.2025

image preview
GROSS sug‘urta kompaniyasi dunyoning yetakchi sug‘urta kompaniyalari va brokerlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda. Hozirda GROSS global sug‘urta bozorida 79 ta davlat bilan hamkorlik qiladi. Xalqaro qayta sug‘urtalash risklar konsentratsiyasini kamaytirish va potensial zararlarga bardoshlilikni oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, GROSS ichki va xalqaro sug‘urta bozorlaridan tavakkalchiliklarni qabul qilib, qayta sug‘urtalovchi sifatida ham faoliyat yuritadi.

Birinchi yarim yillikda GROSS sug‘urta kompaniyasi tomonidan xorijiy kompaniyalardan qabul qilingan qayta sug‘urtalash hajmi 2023-yilning shu davridagi hajmlarga nisbatan 392 foizgacha o‘sdi.
 

"Xorijiy kompaniyalardan GROSS qabul qilgan qayta sug‘urtalash hajmining to‘rt baravarga o‘sishi kompaniyaning sezilarli yutuqlaridan dalolat beradi. Birinchidan, dunyoning yetakchi brokerlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatish GROSSning xalqaro standartlar va talablarga muvofiqligini ta’kidlaydi. Ikkinchi muhim jihat – qayta sug‘urta shartnomalari hajmining sezilarli darajada o‘sishi risklarni diversifikatsiya qilish va sug‘urta portfelini maqbullashtirishga bo‘lgan intilishimizni aks ettiradi. GROSS jamoasining fidokorona mehnati natijasi – bu global sug‘urta bozorida tavakkalchiliklarni samarali boshqarishga va barqarorlikni ta’minlashga qodir bo‘lgan ishonchli hamkor sifatida ishonchdir," – deydi GROSS sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi raisi Otabek Nazarov.
 

Daromadlarning izchil o‘sishi Kompaniyaning barqaror rivojlanishining belgisidir. GROSSning sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan olgan daromadlari 167%gacha o‘sib, joriy yilning 6 oyida 140,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Uch yil ichida tuzilgan shartnomalar soni 125 foizgacha ko‘paydi, ular bo‘yicha GROSS umumiy qiymati 227,7 trillion so‘m bo‘lgan majburiyatlarni zimmasiga qabul qildi (o‘sish 171%ni tashkil qildi).
 

GROSSning rivojlanishi kompaniyaning milliy sug‘urta bozoridagi ulushida ham aks etadi: bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 6,3%ni tashkil etadi (2023-yilda - 5,6%). Kompaniyaning ustav kapitali miqdori 70 mlrd so‘mga yetkazildi.
 

GROSS sug‘urta mahsulotlari portfelini diversifikatsiya qilishga alohida e’tibor qaratadi. Bu alohida sug‘urta polislari bo‘yicha ehtimoliy zararlar bilan bog‘liq risklarni kamaytirish imkonini beradi, bu esa kompaniyaning barqarorligiga, daromadliligini maqbullashtirishga va umumiy moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
 

Hozirda GROSS o‘z mijozlariga turli yo‘nalishlarda 137 ta sug‘urta mahsulotlarini taklif etmoqda. Kompaniya portfelida O‘zbekiston qonunchiligida nazarda tutilgan barcha turdagi majburiy sug‘urta, shuningdek kasbiy va fuqarolik javobgarligi, transport (jumladan avtotransport, maxsus texnika, temir yo‘l va havo transporti), mol-mulk (ham shaxsiy, ham tijorat), moliyaviy tavakkalchiliklar va shaxsiy sug‘urta (salomatlik, sayohatlarda, baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish) bo‘yicha sug‘urta mahsulotlari mavjud.
 

2024-yilning mart oyida GROSS mijozlarga islomiy moliyalashtirish tamoyillariga asoslangan "Takaful" sug‘urta xizmatini taqdim etdi, iyun oyida esa mazkur taklifni jiddiy ravishda kengaytirdi. Takaful tamoyillari asosida GROSS quyidagi tavakkalchiliklarni sug‘urta qilishni yo‘lga qo‘ydi:
●      garovga qo‘yiladigan, lizingga beriladigan transport vositalari (TV) uchun TVEFJMSQ analogi sifatida majburiy sug‘urta va kompleks sug‘urta, shu jumladan transport vositalarining nobud bo‘lishi yoki shikastlanishini va uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish;
●      garovga qo‘yiladigan va lizingga beriladigan maxsus texnikani (maxsus texnikaning barcha turlari, shu jumladan avtomobil shassisiga o‘rnatilganlari uchun) sug‘urta qilish;
●      garovga qo‘yiladigan, lizingga beriladigan mol-mulkni zarardan, yong‘in va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish;
●      yuklarni ixtiyoriy sug‘urta qilish;
●      salomatlik uchun: GROSSTIMED ixtiyoriy tibbiy sug‘urtasi.

 

"Takaful" tamoyillari bo‘yicha GROSS sug‘urta mahsulotlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ma’qullangan.
 

GROSS’ning O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari milliy va xalqaro mukofotlar bilan taqdirlangan.
 

2024-yilning yanvar oyida iqtisodiyotning sug‘urta sektorini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi tufayli GROSS kompaniyasi "Umumiy sug‘urta bo‘yicha eng yaxshi kompaniya" (Best Non-Life Insurance Company) nominatsiyasida International Finance Awards mukofotiga sazovor bo‘ldi.
 

May oyida GROSS O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing uyushmasi tomonidan uchinchi marta "Yil brendi" maqomiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, kompaniya "O‘zbekistonda 2023-yilda sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha ijobiy hal etilgan murojaatlar soni bo‘yicha yetakchilik uchun" maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi. O‘tgan yili Gross sug‘urta bo‘yicha murojaatlarning 99,4 foizini hal qildi. Sug‘urta hodisalari bo‘yicha ariza beruvchilarga jami to‘lovlar 81 mlrd so‘mdan ortiq summani tashkil etdi.
 

Iyun oyida Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Gross sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingini "B+" darajasida, "Barqaror" prognozi bilan tasdiqladi. Reyting kompaniyaning qulay biznes profili, mustahkamlanayotgan moliyaviy ko‘rsatkichlari va past investitsiya riskini aks ettiradi.


 

Yangiliklar va maqolalar

news image
29.09.2025

O‘zbekistonda: majburiy avtosug‘urta qaysi xarajatlarni qoplaydi va onlayn polisni qanday rasmiylashtirish mumkin

O‘zbekistonda TVEFJMS: majburiy avtosug‘urta nimalarni o‘z ichiga olishini, TVEFJMS sug‘urta polisiga qanday xavflar kiritilganini va internet orqali onlayn avtosug‘urtani qanday qulay rasmiylashtirish mumkinligini bilib oling. Haydovchilar va avtomobil egalari uchun amaliy ma’lumotlarni GROSS.UZ saytidan oling!

news image
26.09.2025

YTHdan keyingi ta’mirlash qimmatroqmi yoki KASKO polisimi?

YTHdan keyin avtomobilni ta’mirlash yoki KASKO polisi qimmatroq bo‘lishini bilib oling. Avtomobilni ta’mirlash xarajatlarini taqqoslaymiz, xavflarni tahlil qilamiz va GROSS.UZ saytida haydovchi uchun qulay himoya variantini qanday tanlash haqida so‘zlab beramiz!

news image
26.09.2025

Yevropa, Osiyo va AQShga sayohat qilish uchun sayyohlik sug‘urtasini qanday to‘g‘ri tanlash mumkin?

Sayyohlik sug‘urtasini to‘g‘ri tanlash xotirjam sayohatning kalitidir. Yevropa, Osiyo va AQShga sayohat qilish uchun eng maqbul sug‘urtani qanday tanlash haqida bilib oling: sayyohlik siyosatini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi, qanday xavflarni qoplash kerakligi va keraksiz xizmatlar uchun ortiqcha to‘lov qilmaslik yo‘llari

news image
26.09.2025

KASKOning TVEFJMSdan farqi nimada: O‘zbekistondagi avtomobil egalari uchun to‘liq qo‘llanma

KASKO va TVEFJMS avtosug‘urtasi O‘zbekistonda avtosug‘urtaning ikki xil turi hisoblanadi. GROSS.UZ saytida avtomobilingizni himoya qilishning eng maqbul variantini tanlash uchun ular narx, shartlar, xavf-xatarlar va to‘lovlar bo‘yicha qanday farq qilishini bilib oling!

news image
26.08.2025

Xorijga sayohat qilishda tibbiy sug‘urtaning majburiy shartlari | GROSS.UZ

Chet elga sayohat qilishda tibbiy sug‘urta sayohat paytida tibbiy xizmatlar xarajatlaridan himoyani ta’minlaydi. Xalqaro tibbiy sug‘urta uchun qanday talablar majburiy hisoblanadi? GROSS.UZ saytida batafsil tavsiyalar oling va xavfsiz sayohatga tayyorlaning!