Ko‘rinish

Shrift o'lchami

Kattalashtirish 0%
Русский
O'zbek
English

Fitch Ratings xalqaro agentligi GROSS sug'urta kompaniyasi reytingini «B+» moliyaviy barqarorlik darajasida tasdiqladi

29.05.2025

image preview
Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi GROSS sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingini «B+» darajasida, «Barqarorlik» prognozi bilan tasdiqladi. Reyting kompaniyaning qulay biznes profilini, mustahkamlanayotgan moliyaviy ko‘rsatkichlarini va investisiyaviy tavakkalchilik xavfi past darajada ekanligini aks ettiradi.

Fitch Ratings — xalqaro kapital bozorlari uchun tahlil va tadqiqotlar bo‘yicha yetakchi xalqaro reyting agentliklaridan biri. U Standard & Poor’s va Moody’s bilan bir qatorda «Katta uchlik» deb ataladigan xalqaro reyting agentliklari sarasiga kiradi.

 

Fitch GROSS kompaniyasining investisiya portfeli boshqa sug‘urta kompaniyalarga nisbatan yaxshiroq kredit sifatiga ega va ko‘proq diversifikasiya qilingan deb hisoblaydi. GROSS bank depozitlari ko‘rinishidagi qayd etilgan daromadlilik instrumentlariga afzal ravishda investisiya kiritgan bo‘lib, ular asosan O‘zbekistonning davlat va yirik xususiy banklarida joylashtirilgan.

 

Fitch o‘z sharhlarida GROSS kompaniyasining biznes profilini o‘zbekistonlik boshqa sug‘urtalovchilarga nisbatan «maqbul» sifatida baholaydi. Mazkur baho GROSS sug‘urta kompaniyasining biznesni maqbul diversifikasiya qilganligi, raqobatbardosh mavqeni egallashi va mo‘'tadil tavakkalchiligidan kelib chiqadi.

 

Reyting agentligining e'tirof etishicha, 2023 yilda avtosug‘urta hajmining o‘sishi borasidagi bozor tamoyiliga muvofiq, GROSS portfelida yer usti transport vositalarining sug‘urtasi ustuvor bo‘ldi, 2023 yilda GROSS  sug‘urta mukofotlarining salmoqli qismi aynan ular ulushiga to‘g‘ri keladi. Shuni qayd etib o‘tish muhimki, mazkur toifaga avtomobil egalarining shaxsiy javobgarligini sug‘urta qilish va shaxsiy avtomobillarni har tomonlama himoya qilish uchun kompleks sug‘urta qilishdan tashqari, shuningdek xizmat transporti va maxsus texnikani sug‘urta qilish ham kiradi. Fitch agentligi GROSS kompaniyasi avtosug‘urtada tavakkalchiliklarni baholashda barcha holatlarni batafsil chamalagan va puxta o‘ylagan holda yondashadi, deb hisoblaydi.

 

Fitch shuningdek GROSS kompaniyasi 2023 yilda bozordagi salmoqli ulushi jihatidan to‘rtinchi bo‘lgan kompaniya sifatida O‘zbekistonning ichki sug‘urta bozorida sezilarli mavqega ega ishtirokchi ekanligini alohida ta'kidlaydi hamda foydani qayta investisiya qilinishi ta'siri ostida GROSS kompaniyasining to‘lovga layoqatlilik marjasi yaqin yillar ichida yanada yaxshilanib boradi, deb ta'kidlaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, Fitch Ratings agentligi 2022 yildan e’tiboran har yili GROSS sug‘urta kompaniyasiga «B+» darajasida, «Barqarorlik» prognozi bilan moliyaviy barqarorlik reytingini berib keladi.

Yangiliklar va maqolalar

news imagenews image
22.10.2026

Parvoz kechiktirilganda yoki bekor qilinganda sug‘urta nimalarni qoplaydi

Reys kechiktirilganda yoki bekor qilinganda turistik sug‘urta nimani qoplaydi? Parvoz sug‘urta qoplamasi shartlari va aviaparvoz bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda harakat qilish tartibini ko‘rib chiqamiz

news imagenews image
22.10.2026

O‘zbekistonda Majburiy avtosug‘urtani qanday onlayn rasmiylashtirish mumkin

Toshkent va O‘zbekistonda Majburiy avtosug‘urtani qanday onlayn rasmiylashtirish mumkin? Internet orqali majburiy avtosug‘urtani rasmiylashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma

news imagenews image
16.07.2026

O‘zbekistonda yangi avtomobil sotib olayotganda qanday sug‘urta kerak?

Yangi avtomobil xarid qilyapsizmi? O‘zbekistonda qanday sug‘urta rasmiylashtirish kerakligi, OSGO va KASKO o‘rtasidagi farqlar hamda Gross Insurance bilan ishonchli sug‘urta himoyasini tanlash haqida bilib oling

news imagenews image
16.07.2026

O‘zbekistonda YTH sodir bo‘lsa nima qilish kerak – bosqichma-bosqich yo‘riqnoma

O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisasi yuz berganda qanday harakat qilish kerakligini bilib oling. Hodisani rasmiylashtirish, tegishli xizmatlarni chaqirish, sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilish va sug‘urta tovonini olish bo‘yicha tavsiyalar. Gross Insurance mutaxassislaridan foydali maslahatlar

news imagenews image
15.07.2026

O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyasini qanday tanlash kerak: ishonch uchun nazorat ro‘yxati

O‘zbekistonda ishonchli sug‘urta kompaniyasini qanday tanlashni bilib oling. Litsenziya, obro‘, sug‘urta shartlari, to‘lovlar va xizmat sifati bo‘yicha foydali chek-list

news imagenews image
07.04.2026

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sug'urta qilish: u qanday ishlaydi va nima uchun kerak?

Qurilish-montaj risklarini (SМR) sug‘urtalash nima uchun zarur, qaysi risklar qoplanadi va qurilish loyihasini moliyaviy yo‘qotishlardan qanday himoya qilish mumkinligini bilib oling