Sug‘urta: sayyoh tibbiy yordamsiz qolmasligi uchun nima qilishi kerak?

23.02.2026

image preview

Chet elga sayohat qilish, safar maqsadi va boriladigan mamlakatdan qat’i nazar, har doim tibbiy xavf-xatarlar bilan bog‘liq. Xorijda kasallanish, jarohat olish yoki sog‘liqning to‘satdan yomonlashishi nafaqat davolanish muammolariga, balki katta moliyaviy xarajatlarga ham olib kelishi mumkin. Ko‘pgina mamlakatlarda chet elliklar uchun tibbiy xizmatlar faqat pullik asosda ko‘rsatiladi, hatto oddiy tibbiy yordam narxi ham bir necha ming yevrodan oshib ketishi mumkin. Aynan shuning uchun tibbiy sug‘urta viza olish uchun shunchaki rasmiyatchilik emas, balki safarga tayyorgarlik ko‘rishning majburiy elementidir.

 

Sayohat qiluvchilar uchun tibbiy sug‘urta polisi sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta kompaniyasi belgilangan sug‘urta summasi doirasida tibbiy yordamni tashkillashtirish va uning haqini to‘lash majburiyatini oladigan shartnomadir. Sayyohning o‘z vaqtida yordam olishi yoki davolanish uchun to‘lov rad etilishiga duch kelishi bevosita ushbu shartnoma shartlariga bog‘liq.

 

Sayyohning tibbiy sug‘urtasi nimalarni qoplashi kerak?

 

Chet elga chiqish uchun mo‘ljallangan tibbiy sug‘urta sog‘liqdagi to‘satdan paydo bo‘lgan muammolar va baxtsiz hodisalarda har tomonlama himoyani ta’minlashi lozim. Polis faqat unda sayyoh uchun xorijda zarur bo‘lgan tibbiy va tashkiliy yordamning quyidagi asosiy turlari aniq ko‘rsatilgan taqdirdagina to‘liq deb hisoblanadi:

 

1. Tibbiy xarajatlar. Ambulyator va statsionar davolanish, shifokor ko‘rigi, tashxislash va laboratoriya tadqiqotlari, shuningdek, shifokor tomonidan tayinlangan dori-darmonlar va sarflov materiallari uchun to‘lovlar;

 

2. Shoshilinch jarrohlik amaliyotlari. Agar operatsiyani doimiy yashash mamlakatiga qaytgunga qadar kechiktirish hayot yoki sog‘liq uchun xavf tug‘dirsa, shoshilinch operatsiyalar xarajatlarini qoplash;

 

3. Shoshilinch stomatologik yordam. O‘tkir tish og‘rig‘i, tishlardagi yallig‘lanish va jarohatlarni davolash, jumladan, og‘riqsizlantirish, rentgen, vaqtincha plomba qo‘yish yoki tishni olib tashlash;

 

4. Tibbiy evakuatsiya. Tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganda, sug‘urtalangan shaxsni eng yaqin tibbiyot muassasasiga yoki doimiy yashash mamlakatiga olib borish;

 

5. Tibbiy-transport xizmatlari. Evakuatsiya vaqtida hamrohlik qiluvchi shaxsni tashish, shuningdek, sug‘urtalangan shaxsning avval sotib olingan chiptalardan foydalanish imkoniyati qolmaganda, uni ortga qaytarish;

 

6. Voyaga yetmagan bolalarni qaytarish. Agar sug‘urtalangan katta yoshdagi shaxs kasalxonaga yotqizilgani sababli safarni davom ettira olmasa, bolalar va ularga hamrohlik qiluchi shaxsning yo‘l haqini to‘lash;

 

7. Qidiruv-qutqaruv tadbirlari. Baxtsiz hodisalar yuz berganda, jumladan, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududlarda qutqaruv ishlarini tashkil etish va haqini to‘lash;

 

8. Epidemiya va virusli kasalliklar davridagi qoplama. Sug‘urta dasturida belgilangan limitlar doirasida test topshirish, davolanish va majburiy karantin bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash.

 

Sug‘urta polisining mavjudligi, o‘z-o‘zidan davolanish uchun avtomatik to‘lovni kafolatlamaydi. Tizimning muhim ahamiyatli bo‘g‘ini assistans xizmati bo‘lib, u sug‘urtalangan shaxslarning murojaatlarini kecha-yu kunduz qabul qiladigan va chet elda tibbiy yordamni tashkil etadigan ixtisoslashgan tashkilotdir.

 

Sug‘urta hodisasi yuz berganda, sayyoh birinchi imkoniyat tug‘ilishi bilanoq polisda ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali assistans bilan bog‘lanishi, sug‘urtalangan shaxsning ma’lumotlarini, polis raqamini, turgan joyini va muammoning xususiyatini ma’lum qilishi shart. Aynan assistans sayyohni hamkor-klinikaga yo‘naltiradi, yordam ko‘lamini kelishib oladi va xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qaror qabul qiladi. Assistans bilan kelishmasdan, davolanish xarajatlarini mustaqil to‘lash faqat istisno holatlardagina mumkin va bu keyinchalik xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni talab qiladi.

 

Sug‘urta qoplamasidan asosiy cheklovlar va istisnolar

 

Hatto kengaytirilgan sug‘urta dasturi mavjud bo‘lganda ham, sug‘urta kompaniyasi to‘lovni rad etishga haqli bo‘lgan vaziyatlar mavjud. Aksariyat hollarda surunkali kasalliklar va ularning xuruj qilishi bilan bog‘liq xarajatlar qoplanmaydi, belgilangan limit doirasidagi cheklangan shoshilinch yordam bundan mustasno.

 

Sug‘urta rejali davolanish, kosmetik va plastik operatsiyalar, sanatoriy-kurortlarda tiklanish, profilaktik tadbirlar va emlash xarajatlarini qoplamaydi. Shuningdek, alkogol, narkotik yoki toksik mastlik holatida, shuningdek, shifokor ko‘rsatmalariga amal qilinmaganda yuz bergan holatlar ham istisnolarga kiradi.

 

Homiladorlik, kasb kasalliklari, ruhiy buzilishlar va bir qator og‘ir surunkali holatlar bilan bog‘liq cheklovlar alohida tartibga solingan. Ekstremal va professional sport turlari bilan shug‘ullanish polisni alohida kengaytirishni talab qiladi; ushbu kengaytmasiz bunday holatlar uchun sug‘urta qoplamasi tatbiq qilinmaydi.

 

Sug‘urtani qanday tanlash va yordam rad etilishidan qochish kerak

 

Tibbiy sug‘urtani tanlashda sayyoh boradigan mamlakatini, u yerda qolish muddatini va rejalashtirilgan mashg‘ulotlar turini hisobga olishi lozim. Yevropa mamlakatlari uchun tavsiya etilgan minimal sug‘urta summasi 30 000 yevro, tibbiyoti qimmat bo‘lgan davlatlar uchun esa – 60 000 yevro va undan yuqorini tashkil etadi.

 

Polisni rasmiylashtirishdan oldin uning amal qilish hududini, epidemiya kasalliklari qoplamasi mavjudligini, tibbiy evakuatsiya shartlarini va istisnolar ro‘yxatini tekshirish muhimdir. Shuningdek, polis chegara kesib o‘tilgan paytdan boshlab kuchga kirishiga hamda unda assistans xizmatining amaldagi aloqa ma’lumotlari ko‘rsatilganiga ishonch hosil qilish kerak.

 

To‘g‘ri tanlangan tibbiy sug‘urta sayyohga chet elda real tibbiy yordam olish va kutilmagan xarajatlardan himoyalanish imkonini beradi. Polisning yo‘qligi yoki uni tanlashga yuzaki yondashish og‘ir vaziyatda davolanishsiz qolib ketish xavfini tug‘diradi, bunday hollarda esa xatoning bahosi nafaqat pul, balki sog‘liq bilan o‘lchanadi.

Yangiliklar va maqolalar

news imagenews image
23.02.2026

Sayohat sug‘urtasi: chet elda tibbiy yordamsiz qolmaslik uchun nimalarni bilish kerak

Nima uchun turistik sug‘urta har qanday sayohatning majburiy qismi hisoblanadi? U qanday xavflarni qoplashi, sayyohlik polisini qanday tanlash, sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish va chet elda tibbiy yordamni rad etishdan qanday qochish mumkinligini GROSS.UZ saytida o‘qing!

news imagenews image
23.02.2026

Avtomobilni har tomonlama himoya qilish: O‘zbekistonda KASKO nimani qoplaydi?

O‘zbekistonda KASKO nimalarni qamrab olishini ko‘rib chiqamiz: YTH, o‘g‘irlik, tabiiy ofatlar, uchinchi shaxslar tomonidan yetkazilgan zararlar va boshqa sug‘urta hodisalari. Ixtiyoriy sug‘urta polisi qanday ishlashi va avtomobil himoyasini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida GROSS.UZ saytida o‘qing!

news imagenews image
23.02.2026

Avtomobilingiz uchun KASKO polisini rasmiylashtirishning 5 ta sababi | GROSS.UZ

KASKOni nima uchun rasmiylashtirish kerakligini va polis qanday xavflarni qoplashini bilib oling. Avtomobilni sug‘urtalashning 5 ta asosiy sababini ko‘rib chiqamiz: shikastlanish, o‘g‘irlanish, YTH va kutilmagan xarajatlardan himoya. KASKO sug‘urtasini tanlash sabablari haqida GROSS.UZ saytida o‘qing!

news imagenews image
23.02.2026

O‘zbekistonda TVEFJMS: u nimani anglatadi, narxi qancha va qanday rasmiylashtiriladi?

Ushbu maqolada O‘zbekistonda OSAGO nima ekanligi, kimlar uchun sug‘urta polisi majburiyligi, OSAGO narxi qancha va uning qiymatiga qaysi omillar ta’sir qilishi batafsil tushuntiriladi. Majburiy avtosug‘urtani qanday rasmiylashtirish va avtomobil egalari nimalarga e’tibor berishi kerakligi bosqichma-bosqich bayon qilinadi

news imagenews image

Ishlaydigan g‘oya - Visible Bag

Visible Bag - Xavfsiz Harakat kampaniyasi doirasida Uzum bilan hamkorlikda

news imagenews image
29.12.2025

O‘zbekistonda OSAGО sug‘urtasi 2026 yil 1 yanvardan qimmatlashadi: nimalar o‘zgaradi

2026 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda OSAGO sug‘urta polisining narxi oshiriladi. Narx oshish sabablari, yangi tariflar, sug‘urta to‘lovlaridagi o‘zgarishlar va bu holat avtotransport egalari, jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun nimani anglatishini GROSS.UZ saytida o‘qing