Ko‘rinish

Shrift o'lchami

Kattalashtirish 0%
Русский
O'zbek
English

O‘zbekistonda OSAGО sug‘urtasi 2026 yil 1 yanvardan qimmatlashadi

29.12.2025

image preview

O‘zbekistonda 2026-yilning 1-yanvaridan boshlab Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (TVEFJMS) polisi narxlari oshadi.

 

O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasining qaroridan kelib chiqqan holda yangi avtosug‘urta qoidalari amal qila boshlaydi, bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar berdi. Yangi qoidalar tariflarning o‘sishini va ayni paytda sug‘urta to‘lovlarining ko‘payishini ham nazarda tutadi.

 

2025-yilning 23-iyulida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (TVEFJMS) tizimini isloh qilishga qaratilgan 458-sonli qarori qabul qilindi.

 

Hujjat maksimal sug‘urta summasini ikki baravarga – 40 million so‘mdan 80 million so‘mgacha oshirishni, shuningdek, 2019 yildan beri amalda bo‘lgan tariflarni qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. To‘lovlar mol-mulkka yetkazilgan zararni, shuningdek, YTHda jabrlanganlarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga yo‘naltiriladi.

 

Haydovchilar soni cheklangan holda rasmiylashtirilganda TVEFJMS polisining narxi 2026-yilning 1-yanvaridan e’tiboran quyidagicha bo‘ladi:

 

Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun

 

• yengil avtomobil – 192 000 so‘m;
 

• yuk avtomobili – 336 000 so‘m.
 

• avtobuslar va mikroavtobuslar – 384 000 so'm.
 

• tramvay, motosikillar, motorollyorlar. traktorlar va boshqa avtomobillar – 72 000 so'm

 

O‘zbekistonning boshqa hududlari uchun

 

• yengil avtomobil – 160 000 so‘m;
 

• yuk avtomobili – 280 000 so‘m.
 

• avtobuslar va mikroavtobuslar – 320 000 so'm.
 

• tramvay, motosikillar, motorollyorlar, traktorlar va boshqa avtomobillar – 60 000 so'm
 

Xorijiy ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalari uchun

 

• yengil avtomobil – 320 000 so‘m;

 

• yuk avtomobili – 560 000 so‘m.

 

Haydovchilar soni cheklanmagan holda polis rasmiylashtirilganda, uning narxi ikki baravarga oshadi. Shu bilan birga, o‘tgan 12 oyda sug‘urta hodisalari bo‘lgan haydovchilar uchun yangi koeffitsiyentlar tizimi joriy etilmoqda.

 

O‘zbekistonda TVEFJMS tizimini isloh qilish avtosug‘urta tizimini hozirgi iqtisodiy sharoitlarga moslashtirishga qaratilgan. Tariflarning oshishi sug‘urta to‘lovlarining o‘sishi, jarayonlarning raqamlashtirilishi va nazoratning kuchayishi bilan birga kechmoqda, bu esa 2026-yildan boshlab majburiy avtosug‘urtaning ishonchliligi va shaffofligini oshirishi kerak.

Yangiliklar va maqolalar

news imagenews image
16.07.2026

O‘zbekistonda yangi avtomobil sotib olayotganda qanday sug‘urta kerak?

Yangi avtomobil xarid qilyapsizmi? O‘zbekistonda qanday sug‘urta rasmiylashtirish kerakligi, OSGO va KASKO o‘rtasidagi farqlar hamda Gross Insurance bilan ishonchli sug‘urta himoyasini tanlash haqida bilib oling

news imagenews image
16.07.2026

O‘zbekistonda YTH sodir bo‘lsa nima qilish kerak – bosqichma-bosqich yo‘riqnoma

O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisasi yuz berganda qanday harakat qilish kerakligini bilib oling. Hodisani rasmiylashtirish, tegishli xizmatlarni chaqirish, sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilish va sug‘urta tovonini olish bo‘yicha tavsiyalar. Gross Insurance mutaxassislaridan foydali maslahatlar

news imagenews image
15.07.2026

O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyasini qanday tanlash kerak: ishonch uchun nazorat ro‘yxati

O‘zbekistonda ishonchli sug‘urta kompaniyasini qanday tanlashni bilib oling. Litsenziya, obro‘, sug‘urta shartlari, to‘lovlar va xizmat sifati bo‘yicha foydali chek-list

news imagenews image
07.04.2026

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sug'urta qilish: u qanday ishlaydi va nima uchun kerak?

Qurilish-montaj risklarini (SМR) sug‘urtalash nima uchun zarur, qaysi risklar qoplanadi va qurilish loyihasini moliyaviy yo‘qotishlardan qanday himoya qilish mumkinligini bilib oling

news imagenews image
06.04.2026

Qurilishda xavf-xatarlarni (QMT) sugʻurtalash zaruriyati: huquqiy asoslar va amaliy himoya

Qurilishda SMR xavflarini sug‘urtalash nima uchun zarur ekanini, qaysi xavflar qoplanishini va loyihalarni yo‘qotishlar, kechikishlar hamda kutilmagan xarajatlardan qanday himoya qilishni bilib oling

news imagenews image
23.02.2026

Sayohat sug‘urtasi: chet elda tibbiy yordamsiz qolmaslik uchun nimalarni bilish kerak

Nima uchun turistik sug‘urta har qanday sayohatning majburiy qismi hisoblanadi? U qanday xavflarni qoplashi, sayyohlik polisini qanday tanlash, sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish va chet elda tibbiy yordamni rad etishdan qanday qochish mumkinligini GROSS.UZ saytida o‘qing!