O‘zbekistonda onlayn TVEFJMS – uydan chiqmasdan polis tanlash va tezkor rasmiylashtirish imkoni

26.08.2025

image preview

TVEFJMS bu – transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘lib, usiz O‘zbekistonda transport vositasini boshqarish noqonuniy bo‘ladi. Sug‘urtaning ushbu turi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari bilan tartibga solinadi. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda jabrlanganlarning sog‘lig‘i, hayoti yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash uchun har bir haydovchi polisga ega bo‘lishi zarur. Bugungi kunda TVEFJMS polisini olish ancha osonlashgan: endi siz sug‘urta kompaniyasining ofisiga borishingiz shart emas, chunki siz hujjatni mutlaqo onlayn tarzda rasmiylashtirishingiz mumkin. Bu navbatda turish zaruratidan xalos qiladi, vaqtni tejaydi va polisning yuridik jihatdan qog‘oz hujjatiga teng bo‘lgan elektron versiyasini darhol olish imkonini beradi.

 

Nima uchun TVEFJMS polisini onlayn tarzda rasmiylashtirish afzalroq?

 

Ko‘pgina avtohavaskorlar TVEFJMS polisini internet orqali rasmiylashtirish qulayligini allaqachon tushunib yetdidilar. Ushbu format nafaqat kuchni tejaydi, balki xavfsizlikni ham ta’minlaydi, masalan, chop etilgan nusxasi yo‘qolgan taqdirda ham elektron polisni tiklash oson. Bundan tashqari, zamonaviy sug‘urta kompaniyalari ma’lumotlarni xavfsiz uzatish kanallaridan foydalanadi, shuning uchun sizning shaxga doir ma‘lumotlaringiz ishonchli saqlanadi. Elektron hujjatlar litsenziyalangan sug‘urta tashkilotlari orqali rasmiylashtiriladi, ammo shu bilan birga yagona davlat tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Onlayn sug‘urta ofisda berilgan polis bilan mutlaqo bir xil, ammo u tezroq va osonroq rasmiylashtiriladi.

 

TVEFJMS polisini onlayn tarzda olishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

 

  • Vaqtni tejash. Rasmiylashtirish bir necha daqiqani egallaydi va shaxsiy tashrifni talab qilmaydi;
  •  
  • Polis qiymatini tezkor hisoblash. Siz polis narxini darhol bilib olasiz va darhol to‘lov qilishingiz mumkin;
  •  
  • Qulay formatdagi to‘lov. Bank kartasi yoki elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lash imkoniyati mavjud;
  •  
  • Bir zumda olish. Tayyor polisni bir zumda yuklab olish yoki smartfonda elektron shaklda saqlab olish mumkin.

 

Bunday usul, ayniqsa, tashkiliy masalalarni tezda hal qilishni afzal ko‘radigan haydovchilar tomonidan yuqori baholanadi. Bu ham tajribali avtoulovchilarga, ham endigina haydovchillik guvohnomasini olgan yangi haydovchilarga ham mos keladi, bu ularga oddiy va tushunarli rasmiylashtirish jarayonini ta’minlaydi.

 

TVEFJMS polisini Internet orqali rasmiylashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar:

 

Polisni onlayn tartibda olish intuitiv ravishda tushunarli bo‘lib, maxsus bilimlarni talab qilmaydi. Muhimi, Siz tanlagan sug‘urta kompaniyasining veb-saytidagi ko‘rsatmalarga amal qilsangiz bas. Hatto to‘ldirish chog‘da xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsangiz ham, tizim bildirishnoma taqdim qiladi va hatolikni tuzatishga yordam beradi.

 

TVEFJMS polisini onlayn tarzda olish uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

 

1. Maʼlumotlarni kiritish. Avtomobil egasi va transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn shaklda to‘ldiring;

 

2. To‘lovni amalga oshirish. Bank kartasidan yoki taklif qilingan to‘lov xizmatlarining biridan foydalaning;

 

3. Elektron polisni olish. To‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan so‘ng hujjatni yuklab oling yoki uni elektron pochtangizga yuborilishini kuting.

 

Polis unda ko‘rsatilgan paytdan e’tiboran  kuchga kiradi va yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda, moliyaviy himoyangizni ta’minlaydi. Agar sug‘urta muddati tugayotgan bo‘lsa, bunday usul mazkur muddatni vaqtni yo‘qotmagan holda uzaytirish imkonini beradi. Istalgan vaqtda faylga kira olish uchun faylni qo‘shimcha ravishda bulutli xotirada saqlash imkoni mavjud.

 

Yakuniy xulosalar

 

TVEFJMSni o‘z vaqtida rasmiylashtirish - bu shunchaki qonunga rioya qilishgina bo‘lib qolmay, balki o’zingizni kutilmagan xarajatlardan himoya qilish va ishonchli boshqaruvni ta’minlashning haqiqiy usuli.

 

O‘zbekistonda TVEFJMSni onlayn tarzda rasmiylashtirish bu ofisga borishga vaqt sarflamasdan turib, majburiy sug‘urta olishning qulay, xavfsiz va tezkor usulidir. Mazkur usul narxini hisoblashdan boshlab tayyor polisni yuklab olishgacha bir necha daqiqani talab etadi xolos. Haydovchi ushbu usulni tanlagan holda vaqtni, kuchni tejaydi va yo‘llarda himoya ostida ekanligiga ishonch hosil qiladi.

 

Yodda tutingki, polisni xarid qilishdan avval sug‘urta shartlarini sinchiklovlik bilan o‘rganish va barcha ma’lumotlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish kerak. TVEFJMSni o‘z vaqtida rasmiylashtirish bu shunchaki qonunga rioya qilish bo‘libgina qolmay, balki o‘zingizni kutilmagan xarajatlardan himoya qilish va avtomobilni ishonch bilan boshqarishni ta’minlashdir.

Yangiliklar va maqolalar

news imagenews image
23.02.2026

Sayohat sug‘urtasi: chet elda tibbiy yordamsiz qolmaslik uchun nimalarni bilish kerak

Nima uchun turistik sug‘urta har qanday sayohatning majburiy qismi hisoblanadi? U qanday xavflarni qoplashi, sayyohlik polisini qanday tanlash, sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish va chet elda tibbiy yordamni rad etishdan qanday qochish mumkinligini GROSS.UZ saytida o‘qing!

news imagenews image
23.02.2026

Avtomobilni har tomonlama himoya qilish: O‘zbekistonda KASKO nimani qoplaydi?

O‘zbekistonda KASKO nimalarni qamrab olishini ko‘rib chiqamiz: YTH, o‘g‘irlik, tabiiy ofatlar, uchinchi shaxslar tomonidan yetkazilgan zararlar va boshqa sug‘urta hodisalari. Ixtiyoriy sug‘urta polisi qanday ishlashi va avtomobil himoyasini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida GROSS.UZ saytida o‘qing!

news imagenews image
23.02.2026

Avtomobilingiz uchun KASKO polisini rasmiylashtirishning 5 ta sababi | GROSS.UZ

KASKOni nima uchun rasmiylashtirish kerakligini va polis qanday xavflarni qoplashini bilib oling. Avtomobilni sug‘urtalashning 5 ta asosiy sababini ko‘rib chiqamiz: shikastlanish, o‘g‘irlanish, YTH va kutilmagan xarajatlardan himoya. KASKO sug‘urtasini tanlash sabablari haqida GROSS.UZ saytida o‘qing!

news imagenews image
23.02.2026

O‘zbekistonda TVEFJMS: u nimani anglatadi, narxi qancha va qanday rasmiylashtiriladi?

Ushbu maqolada O‘zbekistonda OSAGO nima ekanligi, kimlar uchun sug‘urta polisi majburiyligi, OSAGO narxi qancha va uning qiymatiga qaysi omillar ta’sir qilishi batafsil tushuntiriladi. Majburiy avtosug‘urtani qanday rasmiylashtirish va avtomobil egalari nimalarga e’tibor berishi kerakligi bosqichma-bosqich bayon qilinadi

news imagenews image

Ishlaydigan g‘oya - Visible Bag

Visible Bag - Xavfsiz Harakat kampaniyasi doirasida Uzum bilan hamkorlikda

news imagenews image
29.12.2025

O‘zbekistonda OSAGО sug‘urtasi 2026 yil 1 yanvardan qimmatlashadi: nimalar o‘zgaradi

2026 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda OSAGO sug‘urta polisining narxi oshiriladi. Narx oshish sabablari, yangi tariflar, sug‘urta to‘lovlaridagi o‘zgarishlar va bu holat avtotransport egalari, jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun nimani anglatishini GROSS.UZ saytida o‘qing