Isteʼmolchilar va ekspertlar Gross Insurance kompaniyasini 2020 yil brendi sifatida tanladi!
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2021-05-24

Isteʼmolchilar va ekspertlar Gross Insurance kompaniyasini 2020 yil brendi sifatida tanladi!

2021-05-24

Isteʼmolchilar va ekspertlar Gross Insurance kompaniyasini 2020 yil brendi sifatida tanladi!

Gross Insurance kompaniyasi eng yaxshi kompaniya, deb eʼtirof qilindi! Bir oy davom etgan «2020 yil brendi» tanlovining eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi nomi uchun musobaqa yakuniga yetdi. Kompaniyalar ushbu sharafli nomga erishish uchun yillar davomida qizg‘in faoliyat olib bordi. Isteʼmolchilar va ekspertlar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda, kim g‘olib bo‘lishini mustaqil ravishda hal qildi. Isteʼmolchilarning vazifasi sevimli brend uchun ovoz berishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ekspertlar oldida kompaniya xizmatlari sifatiga va professional faolligiga baho berish vazifasi turar edi.

22 may kuni Gross Insurance kompaniyasi «2020 yil brendi» tanlovida to‘liq g‘olib bo‘lgan holda, ikkita nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

G‘oliblarni mukofotlash marosimi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida III Makon Marketing Forum 2021 — xalqaro marketing biznes forumi vaqtida bo‘lib o‘tdi. Marosimda «2020 yil brendi» mukofotining g‘oliblari eʼlon qilindi, Gross Insurance kompaniyasi nafaqat Milliy marketing markazi korxonalari assotsiatsiyasi ekspertlari talqiniga ko‘ra, balki isteʼmolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra ham eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi deb eʼtirof qilindi.

Ovoz berish 2021 yilning 16 aprel va 14 may kunlari isteʼmolchilar hamda assotsiatsiya aʼzolari, hamkorlari, ekspertlari o‘rtasida o‘tkazildi. Isteʼmolchilarning ovoz berishi maxsus ishlab chiqilgan Telegram-bot kanali orqali amalga oshirildi, bu esa faqat real isteʼmolchilarni aniqlashga imkon berdi. Gross Insurance kompaniyasiga 9000 dan ortiq ovoz berildi.

«Bizning kompaniyamiz «2020 yil brendi» tanlovida birinchi marta ishtirok etdi va birdaniga 2 ta mukofotni qo‘lga kiritdi. Biz ovoz berish jarayonini katta qiziqish bilan kuzatib bordik, kurash o‘ta qizg‘in tarzda o‘tdi va isteʼmolchilar o‘rtasida ovoz berish yakunlariga ko‘ra, birinchi bo‘lish biz uchun juda qadrlidir. Xalqaro darajada bir qator toifalar bo‘yicha eʼtirof qilinganidan so‘ng, mamlakatimiz ekspertlari tomonidan ham kompaniyamizning O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari orasida birinchi deb tanlanishi biz uchun yoqimli sovg‘a bo‘ldi, ammo buni kutilmagan deb ham bo‘lmaydi. Shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, biz kun sayin ish faoliyatimizda yangi mahsulotlarni ishlab chiqqan va innovatsiyalarni joriy qilgan holda xizmatlarimiz sifati yana-da yaxshilanishi uchun bor kuchimizni bag‘ishlaymiz. Kompaniyamizda sug‘urta biznesi sohasida eng yaxshi mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqda, bu esa bozorda yetakchi o‘rinlardan birini egallash imkonini beradi. Kompaniyamizning jami aʼzolari nomidan o‘z mijozlarimizga, hamkorlarimizga, bizga ovoz bergan barcha insonlarga alohida minnatdorligimizni izhor qilaman, biz kun sayin sizning ishonchingizni oqlash uchun mehnat qilamiz. Biz uchun siz bilan yelkama-yelka, bir safda bo‘lish katta sharaf», — deb izoh berdi, Gross Insurance kompaniyasining bosh direktori Otabek Nazarov.

Global Banking & Finance Review xalqaro moliyaviy nashri Gross Insurance kompaniyasini «O‘zbekistonda, onlayn sug‘urta sohasida eng yaxshi kompaniya» va 2020 yil maʼlumotlariga ko‘ra, «O‘zbekistonning turizm sohasidagi eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi», shuningdek, 2021 yilda «Sug‘urta uchun eng yaxshi sug‘urta ilovasi» sohibi deb tan oldi. Bugungi kunda mamlakatimiz bo‘ylab kompaniyaning 120 ta filiali faoliyat yuritmoqda, ular 100 dan ortiq sug‘urta mahsuloti bo‘yicha xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.

Gross Insurance mijozlari uchun 1166 yagona qisqa raqami bo‘yicha 24/7/365 ish rejimida, kun-u tun, dam olishlarsiz ko‘rsatiladigan servis xizmatlari nazarda tutilgan.

Siz hamon qaysi kompaniyada sug‘urta qilish haqida o‘ylayapsizmi? Bizning 3 milliondan ortiq mijozlarimiz o‘z tanlovini amalga oshirib bo‘ldi, siz ham o‘z tanlovingizni amalga oshiring.

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova