2019-yil dekabr oyi "Ibratli filial" tanlovi go'libi aniqlandi
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2020-01-20

2019-yil dekabr oyi "Ibratli filial" tanlovi go'libi aniqlandi

2020-01-20

Yaxshilar ichida sarasi boʼlish oson ish emas, ammo Gross Insurance jamoasida oʼz oldiga murakkab vazifalarni qoʼyadiganlar va oliy maqsadlar sari intiladiganlar kam emas!
Dekabr oyida ana shunday yaxshilar ichida sarasi degan yuksak maqomda Markaziy amaliyot filiali haqli ravishda eʼtirof etildi. Mazkur ibratli filial mos keladigan asosiy mezonlar quyidagilardir:

1. Filiallar oʼrtasida sugʼurta mukofotlari yigʼimi boʼyicha yetakchi
2. Yirik tashkilotlar koʼrinishidagi mijozlar bazasiga oid katta paketning mavjudligi, bu kelib tushadigan tushumlar hajmining jadal surʼatda oʼsishiga sabab boʼldi
3. Mijozlarga professional tarzda xizmat koʼrsatish 
4. Sugʼurtalovchilarning talablari va kutayotgan umidlariga mos kelishi 

Shak-shubhasiz, bunday koʼrsatkichlarga erishish uchun filial faoliyatini saviyali yoʼlga qoʼyilishi ham, Markaziy amaliyot filiali direktori Mansur Isroilovning sugʼurta sohasida koʼp yillik tajribasi ham imkon bergan.

Biz sizning jamoangiz yanada ravnaq topishini, minnatdor mijozlar va ulkan yutuqlarni tilab qolamiz!
Faoliyatingiz yuksalsin, siz uchun imkonsiz narsaning o'zi bo'lmasin!

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova