Takoful Gross Insurance
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
Takoful

Takoful - Islom sug`urtasi

ISLOM MOLIYASI QOIDALARI BO`YICHA SUG`URTА

YURIDIK SHAXSLAR UCHUN
JISMONIY SHAXSLAR UCHUN

“GROSS SUG`URTA KOMPANIYASI” AJ
Sug`urta kompaniyasi - Islom sug`urtasi (Takoful) yangi yo`nalishini ochdi

TAKOFUL – islom moliyasi tamoyillariga muvofiq mijozlardan sug`urta badallarini jamg`arish va ushbu jamg`arma hisobidan zarar ko`rgan mijozlarga zararlarini qoplashdan iborat.

Takоful (Arab. تكافل o`zaro kafolatlar berish) – Islom sug`urtasi. Takofulning asosida islom moliyasi tamoyillariga muvofiq ishtirokchilar o`rtasida zararlarni taqsimlash mexanizmi yotadi.

Takofulning asosiy maqsadi — foyda olish emas, balki fond ishtirokchilariga o`zaro yordam berishdir.

Takоful uchun asosiy "taqiqlar" quyidagilar: g`arar - noaniqlik yoki chayqovchilik, maysir — xavf/garovni o`z ichiga olgan o`yin, ribо – sudxo`rlik (islomda bu foiz miqdoridan qat’iy nazar foiz evaziga qarz berishdir).

"GROSS SUG'URTA KOMPANIYASI" AJning "Takoful darchasi" faoliyati Islom moliyasi qoidalari va tamoyillariga muvofiqligini ta'minlash maqsadida "ASSOODIQ CONSULT" MChJ bilan shartnoma tuzilgan. Ushbu shartnomaga asosan "ASSOODIQ CONSULT" MChJ mutaxassislari “GROSS SUG'URTA KOMPANIYASI” AJning takoful faoliyatini davriy ravishda ko'rikdan o'tkazib, o'z tavsiyalarini va xulosalarini berib boradi.

"GROSS SUG'URTA KOMPANIYASI" AJning "Takoful darchasi" faoliyati Islom moliyasi qoidalari va prinsiplarga muvofiqligi bo'yicha xulosa "ASSOODIQ CONSULT" MChJ tomonidan 2025 yil 30-yanvar kunida yangilandi.

AN`ANAVIY SUG`URTADAN FARQLARI

Sug`urtalovchi takoful operatori
sifatida ish olib boradi
Takoful sug`urta zaxiralari
sug`urtalovchining foydasi hisoblanmaydi
Takoful sug`urta Kengashi tomonidan operatsiyalar nazorat qilinadi
Takoful zaxirasidagi ortiqcha
mablag`lar qaytariladi

ISLOMIY SUG`URTANI BOSHQARISH MODELI

“GROSS SUG`URTA KOMPANIYASI” AJ Takоful operatsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruvning vakala modelini tanladi. To`langan takoful sug`urta badallardan takоful sug`urta zaxirasi tashkil etiladi, uning resurslari ishtirokchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun ishlatiladi.

Takoful
  • Ishtirokchilar takoful operatoriga ixtiyoriy takoful sug`urta badalini to`laydilar.
  • Takoful operatori kelib tushgan badallardan ma`lum ulush bilan chegaralangan miqdorda daromad oladi.
  • Badallar takoful zaxirasini to`ldiradi va zaxiradan operator zararlarni qoplash to`lovlarini amalga oshiradi.
  • Takoful sug`urta zaxiralarining ma`lum qismi (qoplash to`lovlari va operator komissiyasini olib tashlagan holda) ishtirokchilarga qaytarilishi mumkin.

SUG`URTA XIZMATLARI

TRANSPORT VOSITALARINI SUG`URTALASH
MOL-MULKNI SUG`URTALASH
YUKLARNI SUG`URTALASH
TIBBIY SUG`URTALASH
(Kasalliklar va baxtsiz hodisalar)

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova