Bizning faxrimiz va Kompaniya timsoli zafar quchdi!
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2019-10-08

Bizning faxrimiz va Kompaniya timsoli zafar quchdi!

2019-10-08

Joriy yilning 20-30 sentabr kunlari O‘zbekistonda ilk bor 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Biz qalbda cheksiz faxr va quvonch bilan mazkur xalqaro musobaqada bizning O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘lganligini ma'lum qilamiz. Jamoada bizning kompaniyamiz timsoli, porlab kelayotgan yosh yuiduz va faxrimiz Nodirbek Abdusattorov yorqin o‘yin ko‘rsatdi.
O‘zbekistondan yetishib chiqayotgan yosh iqtidorlar yuksak marralarga erishayotganligi qalbni quvontiradi!⠀
Yana shuni ma'lum qilamizki, 10-21 oktabr kunlari Nodirbek Men orolida (Buyuk Britaniya tasarrufidagi yerlar) bo‘lib o‘tadigan yana bir nufuzli "FIDE Grand Swiss Tournament 2019" xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.
Biz hamyurtimizga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Ulkan zafarlar senga yor bo‘lsin, Nodirbek!
Sen dahosan! Bo‘sh kelma, azamat! Biz senga ishonamiz!

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova