GROSS INSURANCE sug'urta kompaniyasidan TEAM University abiturientlariga grant olish uchun tanlov
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2020-08-27

GROSS INSURANCE sug'urta kompaniyasidan TEAM University abiturientlariga grant olish uchun tanlov

2020-08-27

Gross Insurance kompaniyasidan grantlar — bu kelajak sari ishonchli qadam bosish imkoniyati. Kompaniya ikkita talabani tanlab oladi, ular grant olish va kompaniyada professional o'sish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
TEAM University qabul komissiyasidan Unconditional offer olgan abiturientlar Gross Insurance sug'urta kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan grantni olish uchun ariza berish huquqiga ega bo'ladi va kompaniya 2020-2021 o'quv yilidagi umumiy summaning 50% ni qoplab beradi.

Tanlov grantlarining umumiy soni – 2 ta (yigit va qiz uchun)
 

Tanlovning afzalliklari:

· Grant 2020-2021 o'quv yilida o'qish uchun umumiy summaning 50% ni qoplaydi.

· G'oliblar tanlovdan o'tish tajribasiga ega bo'ladi va o'z rezyumesida e'tiborga molik bo'lgan axborotni aks ettirish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

· O'qish tugaganidan so'ng g'olib bo'lganlar yirik sug'urta kompaniyalaridan biri bo'lgan Gross Insurance da ishga joylashish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
 

Ariza berishning so'ngi muddati: 2020 yil 15 sentyabr.

Grantga ariza berish tartib-taomili:
1. Gross Insurance sug'urta kompaniyasi e'lon qilgan tanlovda ishtirok etish uchun TEAM University saytida ro'yxatdan o'tish lozim. Buning uchun abiturientning F.I.Sh., tug'ilgan sanasi, telefon raqami ko'rsatilgan holda ishtirokchi anketasi to'ldiriladi;
2. Esseni yoki berilgan mavzuga taqdimot materialini tayyorlagan holda individual topshiriqni bajarish;
3. Esse yoki taqdimot materialining mavzusi: "aytingchi, Sizning fikringizga ko'ra, Gross Insurance kompaniyasining qanday sug'urta polislari muvaffaqiyat qozongan o'zbekistonlik yosh tadbirkorda hamda uning oilasida bo'lishi kerak va nima uchun?»
4. Maxsus komissiya (GROSS INSURANCE va TEAM vakillari) tomonidan eng yaxshi to'rtta esseni yoki taqdimot materialini tanlab olinadi;
5. Kompaniyada to'rtta yarim finalchilar bilan suhbat o'tkaziladi, uning yakunlariga ko'ra komissiya ikkita g'olibni aniqlaydi;
6. G'oliblarni taqdirlash marosimi o'tkaziladi.

Esse yozishga qo'yiladigan umumiy talablar:

· Esse o'zi bilan 300-400 ta so'zga yaqin hajmdagi inshoni ifodalaydi, bu erda istak bildirgan shaxs o'zini tanishtiradi va quyidagi savolga javob beradi: "aytingchi, Sizning fikringizga ko'ra, Gross Insurance kompaniyasining qanday sug'urta polislari muvaffaqiyat qozongan o'zbekistonlik yosh tadbirkorda hamda uning oilasida bo'lishi kerak va nima uchun?»;

· Esse abiturientning mazkur savolga nisbatan o'z qarashlarini ifodalashi va biror-bir manbadan ko'chirib olingan (plagiat) bo'lmasligi kerak;

· Esseni tekshirishda fikrlarning/g'oyalarning o'ziga xosligi, amaliy takliflarning kiritilishi, noyobligi hisobga olinadi;

· Esse Calibri standart shriftida, 12 PT. kattalikda ikki interval oraliqda yozilishi kerak;

· Esse onlayn-ariza berish jarayonida PDF formatda yuklanishi kerak;

· Esse Yuklangan hujjatlar ilovasiga kiritilgan bo'lishi kerak;

· berilgan topshiriq ilova qilib biriktirilmagan arizalar rad etiladi.

Taqdimot materialini tayyorlashga qo'yiladigan umumiy talablar:

· Taqdimot materiali 10-15 ta slayddan ortiq bo'lmasligi tavsiya etiladi;

· Abiturient taqdimot materialini bajarish uchun istalgan dasturdan foydalanishi mumkin;

· Taqdimot materialida Abiturient quyidagi mavzuni to'liq yotirib berishi kerak: "aytingchi, Sizning fikringizga ko'ra, Gross Insurance kompaniyasining qanday sug'urta polislari muvaffaqiyat qozongan o'zbekistonlik yosh tadbirkorda hamda uning oilasida bo'lishi kerak va nima uchun?".

· Taqdimot materialini tekshirishda fikrlarning/g'oyalarning o'ziga xosligi, amaliy takliflarning kiritilishi, noyobligi hisobga olinadi;

· Taqdimot materiali Yuklangan hujjatlar ilovasiga kiritilgan bo'lishi kerak;

· berilgan topshiriq ilova qilib biriktirilmagan arizalar rad etiladi.

Yodda tuting: Abiturientlar topshiriqlardan bittasini (esse yoki taqdimot materialini) tanlashi kerak. Abiturientlar har ikkala turdagi topshiriqni bajarishi mumkin emas.

Grant ololmagan tanlov ishtirokchilari nimaga ega bo'ladi?

Barcha tanlov topshiriqlarini bajargan, ammo Grant ololmagan ishtirokchilar tanlov davomida ko'rsatgan natijalarini tasdiqlovchi sertifikatlarni oladilar. Sertifikatlar Gross Insurance kompaniyasi yoki boshqa kompaniyada tajriba ortirish uchun keyingi tanlab olishda talabaning rezyumesiga yoki erishgan yutuqlari portfeliga a'lo qo'shimcha bo'ladi.

Registratsiya: https://teamuni.uz/tpost/bdf6t535e9-novost-etoi-nedeli

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova