Gross mamlakatda sug‘urta kompaniyalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2022-12-28

Gross mamlakatda sug‘urta kompaniyalari orasida birinchi o‘rinni egalladi

2022-12-28

O‘zbekiston marketing uyushmasi yuritadigan Milliy brendlar reytingida Gross sug‘urta kompaniyasining brendi mamlakatimizdagi brendlar va O‘zbekistonda taqdim etilgan barcha xalqaro brendlar orasida 10-o‘rinni  va mamlakatimizdagi sug‘urta kompaniyalari orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Kompaniya 2022-yilni an’anaviy ravishda ijobiy ko‘rsatkichlar bilan yakunlamoqda. Bugungi kunda kompaniya 3 milliondan ortiq mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatmoqda, ular orasida yirik kompaniyalar, shu jumladan xalqaro kompaniyalar ham bor. Ular O‘zbekiston hududida o‘z faoliyatlarini olib borgan holda yuqori sifatli servis xizmatlari va moliyaviy ishonchlilik tufayli Gross kompaniyasini tanlamoqda.

2022-yilda kompaniya 626 466 ta yangi shartnomalar tuzdi, bunda u 285 mlrd so‘m miqdorda sug‘urta mukofotlarini ishlab topdi hamda 219 trln so‘m miqdorda majburiyatlarni o‘z zimmasiga qabul qildi. Shuning bilan bir qatorda Gross kompaniyasi 5250 ta sug‘urta hodisasi bo‘yicha sug‘urta da’volarini qanoatlantirgan holda 62,7 mlrd so‘mdan ortiq miqdorda sug‘urta tovonlarini to‘lab berdi.

Bugungi kunda Gross sug‘urta kompaniyasi O‘zbekistonda sug‘urta sohasida eng yirik va ishonchli bo‘lgan kompaniyalar reytingida barqaror o‘rinni saqlab kelmoqda. Kompaniya 2022-yilda Fitch Ratings xalqaro kapital bozorlari uchun yetakchi reyting agentligidan “barqaror” degan prognoz bilan “B+” darajasida moliyaviy barqarorlik reytingini olgan holda mamlakat va jahon bozorlaridagi o‘zining moliyaviy ishonchliligini yana bir bor isbotladi.

Gross kompaniyasi aholi orasida xabardorlik darajasini oshirish ustida doimiy ravishda ishlar olib borgan holda mijozlar uchun innovatsion servislar va yangi mahsulotlarni faol ravishda joriy qilib kelmoqda. Buni 2022-yilda o‘tkazilgan TAF!2022 reklama festivalida berilgan uchta mukofot ham isbotlab turibdi. Xalqaro hay’at “Milliy qadriyatlar qo‘llangan kampaniya” nominasiyasida “platina” mukofotini, mamlakatimiz hakamlar hay’ati esa “Yangi mahsulot yoki xizmatlarni joriy qilish” nominasiyasida “oltin” hamda “Digital kampaniya” nominasiyasida “bronza” mukofotini berishga qaror qildi. Shuningdek, Gross kompaniyasi Red Jolbors 2022 Markaziy Osiyo kommunikasiyalar festivalida Film Craft: Cinematography nominasiyada “kumush” sohibi bo‘ldi.

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova