Gross sug‘urta kompaniyasi TAF! 2022 Reklama festivalida 3 ta mukofot sohibi bo‘ldi
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2022-10-26

Gross sug‘urta kompaniyasi TAF! 2022 Reklama festivalida 3 ta mukofot sohibi bo‘ldi

2022-10-26

Gross sug‘urta kompaniyasi to‘rtinchi Toshkent TAF!2022 reklama festivalida biryo‘la uchta mukofot sohibi bo‘ldi. Festival O‘zbekistonda yagona eng yirik reklama voqeyligiga aylandi. Gross kompaniyasi iste’molchilar va xalqaro professional hakamlar hay’atiga o‘z reklama kampaniyalarini namoyish qilish hamda o‘z ishlariga yuqori baho olish imkoniga ega bo‘ldi.

Marketing sohasidagi yetakchi mutaxassislar tomonidan professional baholash yakunlariga ko‘ra Gross kompaniyasining “Har yo‘l — oq yo‘l” reklama kampaniyasi uchta mukofotga sazovor bo‘ldi. Xalqaro hakamlar hay’ati “Milliy qadriyatlar qo‘llangan kampaniya” nominasiyasida “Platina” mukofotini, mamlakatimiz hakamlar hay’ati esa “Yangi mahsulot yoki xizmatlarni joriy qilish” nominasiyasida “Oltin” hamda “Digital kampaniya” nominasiyasida “Bronza” mukofotini berishga qaror qildi. Reklama kampaniyasi Synthesis kreativ agentligi ishtirokida amalga oshirildi va Mubinov video-prodakshen (Snova — prodakshn) tomonidan hayotga tatbiq qilindi.

Xalqaro hakamlar hay’ati a’zolari reklama roliki ijrosida yuqori darajada professionallik namoyon etilganini va o‘zbek milliy qadriyatlaridan hamda mentalitetining o‘ziga xos jihatlaridan saviyali foydalanilganligini alohida qayd etdi.

Rolik dam olishga chog‘langan oila haqida xayrli kulguli tarixni hikoya qiladi. Unda ota va ona turli bid’at irimlarga ishongan holda har ehtimolga qarshi isiriqdan, ko‘z tegmasligi uchun ko‘zmunchoqdan foydalangan va hatto xo‘rozni qurbon qilgan holda har xil yo‘llar bilan turli balolardan saqlanishga harakat qiladi! Gross kompaniyasi odamlarga ushbu balolardan aniq himoya qila oladigan faqat bir “tumor” mavjudligini va bu sug‘urta ekanligini hikoya qilishga qaror qildi. Haqiqiy tirik xo‘rozcha rolikning bosh qahramoniga aylandi, faqat uning ishtirokidagi kadrlarni tasvirga olishning o‘ziga 2 soatdan ortiq vaqt sarflandi. Rolik uchun O‘zbekistonda tumor ramzi bo‘lgan “ko‘zmunchoqlar” maxsus tayyorlandi. Rolikni namoyish etuvchi LED-ekranlarda jami shaharga omad keltirishi uchun tutatilgan isiriq tutatqichlar maxsus o‘rnatildi. Rolik ijtimoiy tarmoqlarda va digital-makonda joylashtirildi, O‘zbekiston bo‘ylab yirik supermarketlarda televizion ekranlarda namoyish qilindi. Rolik haqidagi fikrlar OAV, yirik blogerlar tomonidan yoritildi va inflyuyenserlar tomonidan promo-roliklar tasvirga olindi, ularda sayohat bilan bog‘liq turli irimlar va mahsulot haqida hikoya qilindi. Tarmoq foydalanuvchilari “Har yo‘l — oq yo‘l” shiori ostida o‘z foto va videotalqinlarini yuborgan holda tanlovda ishtirok etishga va qimmatli sovg‘alarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar. Video keng qamrovga ega bo‘ldi, uni 6 mln foydalanuvchi tomosha qildi va unga yaxshi taqrizlar qoldirildi.

Gross sug‘urta kompaniyasi jamoasi g‘oyadan boshlab, uni ro‘yobga chiqarish va ommalashtirishning har bir bosqichida reklama kampaniyasini yaratish va ishga tushirishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha-barchaga, shuningdek Toshkent reklama festivalini o‘tkazganligi uchun O‘zbekiston marketing uyushmasiga hamda o‘z tanlovini amalga oshirgan hay’at a’zolari bo‘lmish ekspertlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova