GROSS INSURANCE VA G.V. PLEXANOV NOMIDAGI ROSSIYA IQTISODIYOT UNIVERSITETINING TOSHKENT FILIALI HAMKORLIK TO‘G‘RISIDAGI MEMORANDUMNI IMZOLADI
GROSS INSURANCE VA G.V. PLEXANOV NOMIDAGI ROSSIYA IQTISODIYOT UNIVERSITETINING TOSHKENT FILIALI HAMKORLIK TO‘G‘RISIDAGI MEMORANDUMNI IMZOLADI
Biz G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali talabalari uchun quyidagi yangi imkoniyatlar yuzaga kelganligini eʼlon qilishdan mamnunmiz:
- GROSS INSURANCE kompaniyasi O‘zbekistondagi eng yirik uchta sug‘urta kompaniyalaridan biri bo‘lib, Kompaniyada amaliy mashg‘ulotlar, treninglar o‘tash va amaliy ish tajribasini o‘rganish keyinchalik ishga joylashtirish imkoniyatini beradi;
- GROSS INSURANCE rahbariyati va mutaxassislari tashrif buyurgan holda hamkorlikda maʼruzalar va mahorat darslarini tashkil etish, forumlar, seminarlar, konferensiyalar va davra suhbatlarini o‘tkazish.
Mazkur muhim voqea G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali talabalari uchun ham, kompaniya xodimlari uchun ham hamkorlik munosabatlarini taraqqiy ettirish, bilimlar darajasini oshirish, yetuklikka erishish va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.