GROSS INSURANCE Kompaniyasining ustav kapitali 35 mlrd. so'mdan ortiqni tashkil etmoqda
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2020-07-03

GROSS INSURANCE Kompaniyasining ustav kapitali 35 mlrd. so'mdan ortiqni tashkil etmoqda

2020-07-03

Umumiy sug‘urta sohasida ixtisoslashgan GROSS INSURANCE kompaniyasi ustav kapitalini 35,2 mlrd. so‘mgacha oshirilganligini e'lon qildi.

Ustav kapitalining miqdori sug'urtalovchining to‘lovga qodirligi va moliyaviy barqarorligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, bu o‘z navbatida unga bo‘lgan ishonchda aks etadi, shuningdek u kapitallashuv darajasining va sug‘urtaga yirik tavakkalchiliklarni qabul qilish imkoniyatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. 2019 yilda kompaniyaga Ahbor-reyting reting agentligi tomonidan uzA++ (ishonchlilikning eng yuqori darajasi) reytingi berilgan.

Ustav kapitalidagi mazkur o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 2 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori talablarini bajaradi va unga muvofiq 2022 yilga qadar sug‘urta kompaniyalarining ustav kapitali minimal miqdorlari ikki bosqichda oshiriladi. Xususan, umumiy sug‘urta sohasida ixtisoslashgan kompaniyalarning ustav kapitali kamida 35 milliard so‘mga ekvivalent miqdordagi summada bo‘lishi kerak. Bunga 2020–2022 yillarda sug‘urta tashkilotlarining ustav kapitali minimal miqdorlarini bosqichma-bosqich oshirish natijasida erishish mumkin bo‘ladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son qaroriga qarang).

Siz bizning veb-saytimizga www.gross.uz havolasi orqali kirgan holda onlayn tarzda ham kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz mumkin.

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazining yagona raqami: 1166
E-mail: info@gross.uz
Facebook: fb.com/grossuz
Instagram: @grossuzb
Telegram: t.me/grossrobot

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova