Mini-futbol bo‘yicha IV Xalqaro Xayriya turniri yakunlari
Mini-futbol boʻyicha IV Xalqaro Xayriya turniri aynan 5-sentabr kuni boʻlib oʻtgani naqadar ajoyib, chunki shu kuni jahonda BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi bilan belgilangan Xalqaro xayriya kuni nishonlanadi.
Gʻoliblarni tabriklaymiz:
1-o'rin “ORIENT FINANCE BANK” XATB jamoasi
2-o'rin “APEX Insurance” jamoasi
3-o'rin “GROSS-NEW LIFE INSURANCE” jamoasi
Shuningdek, “MEHRLI QOʻLLAR” Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga ushbu tadbirni tashkil etishda koʻrsatgan yordami hamda “Natural Juice” MCHJ va “MUROT CHOCOLATE (KREMBER)” MCHJ kompaniyalariga xayriyaga oʻz hissalarini qoʻshganligi uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Tadbir doirasida imkoniyati cheklangan bolalarning badiiy asarlari koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi, unda ishtirokchilar va mehmonlar ushbu sanʼat asarlarini sotib olish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Ushbu ezgu va xayrli tadbirning bir qismi boʻlish biz uchun sharafdir!