Farg'ona viloyati Oltiariq tumanidagi yoqilg'i quyish shoxobchasida yong'in tufayli yetkazilgan zarar tegishli tartibda qoplandi
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2019-09-27

Farg'ona viloyati Oltiariq tumanidagi yoqilg'i quyish shoxobchasida yong'in tufayli yetkazilgan zarar tegishli tartibda qoplandi

2019-09-27

Bundan oldinroq mamlakatimizning axborot portallarida joriy yilning 18 iyul kuni Farg'ona viloyati Oltiariq tumanidagi yoqilg'i quyish shoxobchasida yong'in sodir bo'lgani haqida xabar berilgan edi. Yong'in natijasida o'sha paytda yoqilg'i quyish shoxobchasiga kelib, afsuski, yong'in manbai yaqinida turib qolgan Cobalt avtomobili yonib ketgan.

Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, yoqilg'i quyish shoxobchasi mulkdori – "Gas Refueling" MChJ – tashkilotining javobgarligi GROSS INSURANCE kompaniyasida xavfli ishlab chiqarish ob'ektidan foydalanish uchun fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urta qilingan. Ushbu zararni qoplashda kompaniyamiz tomonidan xavfli ob'ektlardan foydalanishda javobgarlik polisi bo'yicha yetkazilgan zarar to'liq qoplab berildi.

Afsuski, baxtsiz hodisalardan hech kim kafolaylanmagan, ammo ularning oqibatlaridan ko'riladigan zararni sug'urta qilish imkoniyati mavjud. Sug'urta qiling va hotirjam yashang.

Sizning хоtirjamligingiz – bizning vazifamiz!

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova