«Men hayotni tanlayman!» Birinchi ayollar ijtimoiy forumi
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2019-11-18

«Men hayotni tanlayman!» Birinchi ayollar ijtimoiy forumi

2019-11-18

Biz 8 yoshdamiz! Mazkur raqam o‘ziga xos, alohida sacral mazmunga ega bo‘lib, hayotni mujassamlantiruvchi cheksizlik belgisini ifodalaydi!
 
Hayot – insoniyat uchun eng qadrli in’om, ushbu in’omning tarqatuvchisi shubhasiz bu – AYOL!

Hayotimizni go‘zallik va uyg‘unlik bilan to‘ldiruvchi, o‘z mehri va g‘amho‘rligini tuhfa etuvchi, jasoratlarga undovchi ham, ezgulik va mehr-shafqat manbai ham – AYOL!

Ayol va ona maqomining cheksiz hurmati sharafiga Gross Insurance kompaniyasi o‘zi tashkil topganligining sakkiz yilik sanasini yangi ijtimoiy loyiha – «Men hayotni tanlajman!» shiori ostida Birinchi ayollar ijtimoiy forumini o‘tkazish bilan nishonladi.

«Men hayotni tanlajman!» Birinchi ayollar ijtimoiy forumi – jamiyatda ayollar maqomini oshirishga qo‘shayotgan hissasi beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy faol ayollarga netvorking –o‘zaro aloqalar o‘rnatish, mushtarak maqsad sari harakatlarni jipslashtirish uchun bag‘oyat qulay maydonchadir!

Mazkur hayriya tadbiri davomida to‘plangan barcha mablag‘lar shelterlar – Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlariga yo‘naltiriladi.

«Men hayotni tanlajman!» Forumi – devorga qo‘yilgan birinchi g‘ishtdir, ushbu devor vaqt o‘tishi bilan himoya devori, umid devori, muhtojlar uchun suyanch devori bo‘lishi mumkin.

Forumda notiqlik qilgan Shodieva Rano Odilovna, Matkarimova Gulchehra Abdusamatovna, Umurzakova Madina Maratovna, Yagafarova Faina, Yakovleva Yuliya Alekseevna, Sattarova Nargiz Ahadovna, Karieva Dinara Maxsumovna, Chujaya Mariya Andreevna, Laylo Maratovna, Mirsadikova Sevara va Ahmedova Nilufar – dilbar ayollarimizga chin yurakdan o‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz.

Sizlarning har biringiz – sirli va serqirra butun bir olamdir! O‘z maftunkor olamingizga hamroz aylaganingiz uchun sizdan bag‘oyat minnatdormiz hamda uni avaylab-qadrlaymiz!

Forumda mehmonlarimiz va ishtirokchilarimiz uchun yoqimli sovg‘alarni taqdim etgan barcha hamkorlarimizga samimiy minnatdorligimizni izhor qilamiz. Mazkur voqealikni yoritgan ommaviy axborot vositalarining vakillari va blogerlarga, xususan AydaTuda platformasiga tashakkur izhor qilamiz.

Mazkur loyiha g‘oyasini amalga oshirishda va tadbirni o‘tkazishda katta professional jamoaning mehnati singan. Tadbir kuni mehr va harorat muhitini yaratishda o‘z hissasini qo‘shgan har bir insonga rahmatlar aytamiz.

Bu faqat boshlanishi xolos!

#Gross #Я_Выбираю_Жизнь

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova