Xavfsiz Harakat: Respublika Yo'l harakati xavfsizligi xizmati, "Gross" sug'urta kompaniyasi va "Uzum Market" bolalarning yo'llarda xavfsizligini qo'llab-quvvatlash aksiyasini boshladi

Gross sug'urta kompaniyasi, Uzum Market milliy marketpleysi va Toshkent yo'l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari "Xavfsiz Harakat" ijtimoiy loyihasi doirasida Toshkentdagi 106-internat maktabida o'quvchilari — eshitish qobiliyati past bolalarga piyodalar o'tish joyi belgisi va yorug'likni aks ettiruvchi elementlarga ega shopper sumkalarini tarqatdilar, shuningdek, uchun yo'l xavfsizligi bo'yicha dars o'tkazdilar. Internat maktabning 373 nafar o'quvchisi shopper va Yoshlar ishlari agentligidan kitoblarga ega bo‘lishdi.