Kompaniyaning Fargʼona filiali 2019 yil noyabr oyining “Ibratli filial” koʼrik-tanlovining gʼolibi boʼldi.
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2019-12-16

Kompaniyaning Fargʼona filiali 2019 yil noyabr oyining “Ibratli filial” koʼrik-tanlovining gʼolibi boʼldi.

2019-12-16

Sugʼurta bozori umuman olganda moliya bozori kabi erkaklarga xos boʼlgan olam degan fikr keng tarqalgan! Shu jihatdan qaralganida, ayollarning unga qoʼshgan hissasi yanada ahamiyatliroq va qimmatliroqdir.

Tafakkur, nafosat, iroda kuchi, zakovat va ichki sezgirlik tuygʼusini oʼzida mujassam qila olish – bajarilishi mushkul boʼlgan vazifa... Аmmo, bu uning uchun chikora! U sevimli ona, goʼzal ayol, yuqori malakali mutaxassis va oqila rahbar vazifasini birdek yaxshi eplaydi.

U qaysi ishga qoʼl urmasin, uni uddalaydi va har jabhada tartibga erisha oladi! Ofis ham standartga muvofiq, yigʼimlar kiroyidan ham aʼlo, u boshqarayotgan jamoa esa Gross Insurance katta oilasining faxri!

Ofarin, Аripova Rano Vaxabovna! Siz va sizning jamoangizga barakalla deymiz!

Sizlarni «Ibratli filial» tanlovida gʼolib boʼlganingiz bilan tabriklaymiz! Siz va jamoangiz Kompaniyamiz iftixori va gʼururidir! 

Gʼoliblikka erishganingiz bilan yana bir bor muborakbod etgan holda, Siz rahbarlik qilayotgan filialga yanada yuqori marralarga erishish yoʼlida ravnaq, kuch va zakovat, dadil fikrlar va nostandart yechimlarni izlab topishni tilab qolamiz!

Biz sizlarda barchasi aʼlo boʼlishiga ishonamiz!

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova