Biz 10 yoshdamiz!
Yillar davomida biz o‘sib, o‘zgarib, rivojlandik va bu yo‘lda erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz. GROSS yangi maqsadlarni o‘z oldiga qo'yadi va o‘zida mavjud asosiy jihatlar – to‘plangan tajriba, biznesdagi yutuqlar, jipslashgan professional jamoa va, albatta, o‘z doimiy mijozlari va hamkorlarini saqlab qoladi, aynan ular sababli kompaniya rivojlanmoqda va o‘sib bormoqda.
GROSS kompaniyasi O‘zbekistonda sug‘urta sohasida 10 yillik uzluksiz va muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. 10 yil mobaynida biz samarali biznesni qurishga muvaffaq bo‘ldik va ishonchli hamkorlarga ega bo‘ldik.
GROSS jamoasi o‘z mijozlari va hamkorlariga farovonlik tilaydi. Bizni tanlaganligingiz uchun tashakkur!