Ko‘rinish

Shrift o'lchami

Kattalashtirish 0%
Русский
O'zbek
English

«Baxtsiz hodisalardan sugʻurta» polisini onlayn rasmiylashtirish

Jarohat, nogironlik va boshqa baxtsiz hodisalardan himoya. Narx darhol hisoblanadi, polis shaxsiy kabinetda.

−15%
OSAGO xarid qilganda istalgan ixtiyoriy sugʻurta polisiga chegirma · 31.12 gacha
  • Onlayn rasmiylashtirish2 daqiqada
  • Sugʻurta summasi20 000 000 soʻmgacha
  • Polis saqlanadishaxsiy kabinetda
  • Sugʻurta hodisasida yordam1166 raqami orqali

2026-yilda polis narxi qancha

Narx dastur va sugʻurta summasiga bogʻliq. Bir nechta shaxsni sugʻurtalaganda narx har bir kishi uchun hisoblanadi.

1 kishi uchun, 1 yillik polis, soʻm

Sugʻurta summasi
1 000 000
2 000 000
5 000 000
10 000 000
20 000 000

Polis nimani qoplaydi

Polis quyidagilardan yetkazilgan zararni qoplaydi

  • Tan jarohatlari
  • Yovuz niyatli shaxslar yoki hayvonlar hujumi
  • Mehnat qobiliyatini yo‘qotish yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
  • I, II yoki III guruh nogironligining belgilanishi
  • Baxtsiz hodisa natijasida o‘lim

Afzalliklari

  1. Qoplanadigan xatarlarning keng doirasi5 ta xatar bitta polisda
  2. Rasmiylashtirishning osonligi va polisning arzonligiOnlayn, 3 daqiqada
  3. Barcha sug‘urta hodisalari bo‘yicha kafolatlangan to‘lovlar​Toʻlovlar jadvali asosida

Hujjatlar va oferta

  • Baxtsiz hodisalardan sugʻurta qilish boʻyicha ommaviy oferta Asosiy hujjatPDF · 1,72 MB Yuklab olish
  • Sportchilarni baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish boʻyicha ommaviy oferta PDF · 402 KB Yuklab olish
  • Sug'urta to'lovlari jadvali PDF · 6.02 MB Yuklab olish
  • Jarrohlik amaliyotlari bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari jadvali PDF · 207.64 KB Yuklab olish

Sugʻurtani 4 bosqichda rasmiylashtirish

  1. 01Zudlik bilan hisoblashNarxni darhol bilib oling
  2. 023 daqiqada rasmiylashtirish3 daqiqa ichida toʻldirish
  3. 03Onlayn toʻlovHar qanday usullar bilan toʻlash
  4. 04Elektron polisni yuklab olishToʻlovdan keyin polisni yuklab oling
Narxni hisoblash

Sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

  1. 1166 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling
  2. Ma’lumotlaringizni operatorlarga xabar qiling
  3. Barcha kerakli hujjatlarni taqdim eting

Boshqa rasmiylashtirish usullari

Telefon orqaliMijozlarni qoʻllab-quvvatlash markaziga 1166 raqami orqali qoʻngʻiroq qiling.Qoʻngʻiroq qilish
Kompaniyaning ofislaridaEng yaqin ofisga keling va ma’lumotlarni toʻldiring.Ofislarni koʻrish

Tez-tez beriladigan savollar

Kimni sugʻurta qilish mumkin?

1 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan shaxs. I va II guruh nogironlari hamda psixonevrologik, onkologik yoki teri-tanosil dispanserida hisobda turgan shaxslar sugʻurtalanmaydi. Polisni Oʻzbekiston fuqarosi, shuningdek Oʻzbekistonda yashovchi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs rasmiylashtirishi mumkin.

Polis qachondan amal qila boshlaydi?

Himoya sugʻurta mukofoti toʻlangan paytdan boshlanadi va polisda koʻrsatilgan butun muddat davomida amal qiladi. Sugʻurta muddati boshlanishidan oldin yoki tugaganidan keyin yuz bergan hodisalar qoplanmaydi.

Baxtsiz hodisa yuz bersa nima qilish kerak?

Imkon qadar tezroq, lekin 30 kundan kechiktirmay, sugʻurtalovchiga hodisa tafsilotlari yozilgan yozma ariza yuboring. Polis, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, tibbiyot muassasasidan tashxis koʻrsatilgan maʼlumotnoma, sinish boʻlsa — rentgen suratlari kerak boʻladi. Nogironlikda vakolatli organ xulosasi, vafot etganda — oʻlim haqidagi guvohnoma talab qilinadi. 1166 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.

Pul qachon toʻlanadi?

Sugʻurtalovchi barcha hujjatlarni olib, hodisani sugʻurta hodisasi deb tan olgach, sugʻurta hodisasi dalolatnomasi imzolanadi va toʻlov 5 bank kuni ichida amalga oshiriladi. Toʻlovni rad etish haqida barcha hujjatlar olinganidan keyin 15 kundan kechiktirmay sabablari bilan xabar beriladi.

Polisni qanday rasmiylashtirish mumkin va undan voz kechsa boʻladimi?

Polis onlayn rasmiylashtiriladi: saytda maʼlumotlarni toʻldiring, SMS-kod bilan tasdiqlang va toʻlang. Elektron polis elektron pochtaga, polis raqami esa SMS orqali keladi. Polisdan istalgan vaqtda yozma ariza bilan voz kechish mumkin, lekin ixtiyoriy voz kechilganda toʻlangan mukofot qaytarilmaydi.