Narx davlat raqami bo’yicha avtomatik hisoblanadi
Narx transport turi, roʻyxatdan oʻtgan hudud, muddat va haydovchilar soniga bogʻliq. Haydovchining yoshi va staji, avtomobil markasi va quvvati narxga taʼsir qilmaydi.
| Transport | Toshkent shahri va Toshkent viloyati | Boshqa hududlar | ||
|---|---|---|---|---|
| 5 nafargacha haydovchi | VIP, cheklovsiz | 5 nafargacha haydovchi | VIP, cheklovsiz | |
| Yengil avtomobil | 192 000 | 384 000 | 160 000 | 320 000 |
| Yuk avtomobili | 336 000 | 672 000 | 280 000 | 560 000 |
| Avtobuslar va mikroavtobuslar | 384 000 | 768 000 | 320 000 | 640 000 |
| Mototsikllar, traktorlar, maxsus texnika | 72 000 | 144 000 | 60 000 | 120 000 |
TVEFJMS (E-OSAGO) sizning aybingiz bilan sodir boʻlgan YTHda boshqa odamlar yoki ularning mol-mulki zarar koʻrsa, sizni himoya qiladi. Jabrlanuvchilarga zararni oʻz choʻntagingizdan emas, GROSS toʻlaydi.
Polis Oʻzbekistondagi barcha transport egalari uchun majburiy. Uni 18 yoshdan oshgan avtomobil egasi rasmiylashtirishi mumkin; avtomobil Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.
Avtomobildan oila foydalansa, mos keladi. Polisga beshtagacha kishini yozasiz: oʻzingizni, turmush oʻrtogʻingizni, ota-onangizni, farzandlaringizni.
Turli odamlar haydaydigan avtomobil uchun: taksi, xizmat avtomobili, ishonchnoma boʻyicha haydovchi.
Skanlarni yuklash shart emas: maʼlumotlar hujjat raqamlari boʻyicha yagona tizimdan olinadi. Agar egasi boshqa odam boʻlsa, uning pasport maʼlumotlari ham kerak boʻladi.
Jabrlanuvchi sizning polisingiz boʻyicha GROSSdan toʻlov oladi. Joyida nima qilish kerak:
1166 ga qoʻngʻiroq qilishSugʻurta hodisasi haqida batafsilTVEFJMS (E-OSAGO) (Transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasi) — O‘zbekiston qonunchiligida belgilangan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish. Sug‘urta, agar siz yo‘l-transport hodisasida aybdor bo‘lib qolgan bo‘lsangiz, moliyaviy himoyani ta’minlaydi.
Mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun to‘lov (sug‘urta summasining 35 foizigacha);
Hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun to‘lov (sug‘urta summasining 65 foizigacha).
Amaldagi TVEFJMS (E-OSAGO) polisining yo‘qligi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘lib, buning uchun jarima solinadi.