GROSS INSURANCE: SAYOHATCHILARNI SUG‘URTA QILISH SHARTLARI TAKOMILLASHTIRILDI!
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2021-08-05

GROSS INSURANCE: SAYOHATCHILARNI SUG‘URTA QILISH SHARTLARI TAKOMILLASHTIRILDI!

2021-08-05

Pandemiya tufayli dunyoda yuzaga kelgan yangi vaziyat o‘z qoidalarini o‘rnatmoqda. Ko‘plab mamlakatlarga kirishning allaqachon zarur shartlariga aylanib ulgurgan chiptalar, viza va sug‘urta polisining mavjudligi shartlaridan tashqari, bugungi kunda har gal mamlakatdan chiqayotganda yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash uchun test topshirish yoki aniqroq aytganda polimeraza-zanjir reaksiyasi (PZR) tahlilini o‘tkazish zarur.

Manfiy natija chiqsa, uyga qo‘rqmay bexavotir qaytish mumkin. Ammo agar test natijasi musbat bo‘lib chiqsa, narsalar allaqachon yig‘ishtirilgan, mehmonxonadagi bron tugagan, pullar qolmagan, til bilish esa yuzaki bo‘lsa, nima qilish kerak? Albatta, o‘z sug‘urta kompaniyangizga qo‘ng‘iroq qilish lozim!

Gross Insurance sug‘urtasi agar sayohatchiga tibbiy yordam zarur bo‘lib qolsa, uning 60 000 yevro doirasida xarajatlarini to‘lab beradi. Ushbu mablag‘lardan 30 000 yevro davolanish uchun, 28 000 yevro transport xarajatlari uchun, 2000 yevro sayohatchi vafot etgan taqdirda bir yo‘la to‘lanadigan to‘lov uchun ajratiladi. Qanday holatlar haqida gap ketmoqda? Sug‘urta kechiktirib bo‘lmaydigan shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bunga shamollash, kuyish, oftob urishi, barcha turdagi suyak sinishlari, kesilishlar, appendisit va shu kabilar kiradi. Shu bilan bir qatorda, takomillashtirilgan sug‘urtada sug‘urta qoplamasiga sayohatchida COVID-19 aniqlanganda davolash/kasalxonaga joylashtirish xarajatlarini to‘lash ham kiritildi, ushbu holatda kompaniya faqat davolash, alohidalash va yashash uchun 3000 yevrogacha miqdorda mablag‘ to‘lab beradi. Bundan tashqari, kompaniya Siz uchun Toshkentga qaytish chiptasini xarid qilib beradi. Shuni yodda tutish muhimki, ushbu pullarni kompaniya kasalxona, mehmonxona va aviakompaniyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazib beradi, qo‘lga to‘lab bermaydi.

COVID-19 ga shubha qilingan taqdirda, sayohatchi kasalxonada/mehmonxonada alohidalanadi va u PZR testini topshiradi. Agar pasient test topshirishga sug‘urta kompaniyasi tomonidan yo‘naltirilsa, natijalar 24 soat ichida tayyor bo‘ladi, agar sayohatchi mustaqil ravishda topshirsa, natijalar 24-36 soat ichida tayyor bo‘ladi. Simptomlar mavjud bo‘lganida, davolash test natijasi olinishiga qadar boshlanadi. Sug‘urta kompaniyasi mazkur davolashni, kasalxonaga/mehmonxonaga yetib kelishni, sayohatchi sog‘lig‘ini tiklash uchun buyurilgan muolajalar o‘tkazilishini tashkillashtiradi va to‘lab beradi.

Agar sayohatchida COVID-19 aniqlangan bo‘lsa, qaytish chiptasi nima bo‘ladi?

Agar ilgari xarid qilingan chiptalar kasalxonaga joylashtirish yoki alohidalash tufayli «kuyib ketsa», Gross Insurance sug‘urta qilingan shaxsni doimiy yashash mamlakatiga qaytishini tashkillashtiradi, ushbu holatda kompaniya agar bu mumkin bo‘lsa, eskisi chiptani yangisiga almashtirish uchun qo‘shimcha summani to‘lab beradi yoki yangi chiptalarni xarid qilib beradi.

Bunday sug‘urta polisining summasi qaysi mamlakatga borishga, odamlar va mamlakatda turiladigan kunlar soniga bog‘liq. Polis qiymatini kompaniyaning https://gross.uz/ru/product/travel-calc saytida «Men COVID-19 dan himoyani xohlayman» bandini tanlagan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqarish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Gross Insurance mijozlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 1166 qisqa raqami orqali dam olish kunlarisiz sutka davomida kunu tun amal qiladigan servis xizmati nazarda tutilgan. Operatorlarimiz sug‘urta xizmatlari taqdim etilishi bilan bog‘liq barcha savollarga  javob beradi.

 

Sayt: gross.uz

Instagram: @gross.uzb

Facebook: fb.com/grossuz

Telegram: t.me/grossuzb

Telegram-бот: t.me/grossrobot

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova