GROSS INSURANCE SUG‘URTA KOMPANIYASI YO‘L-TRANSPORT HODISASIDA JABRLANGAN FUQAROGA 133 MLN SO‘M TO‘LAB BERDI
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2021-07-01

GROSS INSURANCE SUG‘URTA KOMPANIYASI YO‘L-TRANSPORT HODISASIDA JABRLANGAN FUQAROGA 133 MLN SO‘M TO‘LAB BERDI

2021-07-01

Sug‘urta nima uchun kerak?

Keling, avvalo sug‘urta turlariga to‘xtalsak. Transport vositalariga oid majburiy va ixtiyoriy sug‘urta polislari mavjud.

Majburiy sug‘urta polisi – bu transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish polisi bo‘lib, har bir shaxsiy transport egasi unga ega bo‘lishi shart. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchining va (yoki) majburiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan transport vositasi boshqa egasining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalanishi mumkin. Yaʼni, u Sizning aybingiz bilan yuzaga kelgan YTH natijasida yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan.

Ixtiyoriy sug‘urta polisi – bu ixtiyoriy asosda amalga oshiriladigan sug‘urta shartnomasi tuzilganligini tasdiqlaydigan hujjat. Sug‘urtaning ushbu turida sug‘urta hodisasi yuz berganida va u tegishli tartibda tan olinganidan keyin avtomobil egasining moliyaviy xarajatlari qoplab beriladi.

Bunday holatlarda avtomobil egasini nima himoya qiladi? Jabrlangan fuqaroga qaytamiz. U do‘stining maslahati bilan Gross Insurance sug‘urta kompaniyada Avto-VIP ixtiyoriy avtosug‘urta polisini rasmiylashtirdi. Kompaniya sug‘urta shartnomasiga muvofiq, YTH, o‘g‘rilik, yong‘in va boshqa nosozliklar yuz berganda sizga zararni to‘lab beradi. Qahramonimizning avtomobili texnik nosozlik tufayli butkul yonib ketdi, bu esa sug‘urta hodisasi edi.

 

YTH paytida kishi o‘zini qanday tutish kerak?

Jabrlanuvchi nima qildi? Birinchi navbatda, sug‘urta kompaniyasining 1166 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qildi va voqea joyiga avariya komissarlari xizmatini chaqirdi. Ular hodisani qayd etdi hamda maslahat berdi. Keyingi kuni erta tongda qahramonimiz sug‘urta kompaniyasi ofisiga keldi, ariza yozdi, unga sug‘urta polisining nusxasi va ixtiyoriy avtosug‘urta shartnomasini ilova qildi. Bir necha kundan so‘ng u, shuningdek, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasidan olingan YTH protokolini taqdim etdi. Ushbu hujjatlarga asosan, sug‘urta kompaniyasi ishni o‘rganib chiqib, zararni to‘liq qoplash haqida qaror qabul qildi. Shu tariqa jabrlangan fuqaro sug‘urta polisiga 2,7 mln so‘m to‘lagan holda, kompaniyadan 133 mln so‘m oldi.

Inson avtomobil sotib olar ekan, uning xavfsizligi uchun ham xavotirga tushadi. Kimdir tavakkal qilib omadga ishonadi, kimdir esa ixtiyoriy avtosug‘urta yordamida kutilmagan xarajatlardan himoya qilingan bo‘ladi.

 

Nega Gross Insurance?

Gross Insurance -  O‘zbekistonning innovatsion sug‘urta kompaniyasi bo‘lib, o‘z mijozlariga yuqori darajada va sifatli xizmatlarni taqdim etadi. Kompaniyada sug‘urta tovonini tezda olishga yordam beradigan jarayonlar ishlab chiqilgan. Umuman olganda, turli sug‘urta dasturlari bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari bir kunda 100 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Avto-Vip ixtiyoriy avtosug‘urta polisini oson va tezda olish mumkin. Masalan, https://gross.uz/ru/kasko-calc saytidan yoki Gross Mobile ilovasi orqali olish mumkin. Buning uchun faqatgina sizning hujjatlaringiz va xohishingiz kerak bo‘ladi, hatto uydan chiqish yoki ishxonadan ruxsat olish talab etilmaydi.

 Joriy yilda kompaniya, shuningdek E-polislar – Majburiy avtosug‘urta elektron polislari sotuvini yo‘lga qo‘ydi. Endilikda kompaniya ofisiga kelish yoki kuryerni kutish shart emas. Ushbu polisni ham https://gross.uz/ru/e-polis sayti orqali to‘lovning turli shaklini tanlagan holda sotib olish mumkin. E-polis qog‘oz polisiga tenglashtiriladi va bir yil davomida amal qiladi. Bunday polisni uyali telefonda saqlash yoki chop etish yetarli. 

Gross Insurance mijozlari uchun dam olish kunlarisiz 1166 qisqa raqami orqali tunu kun ishlaydigan qo‘llab-quvvatlash xizmati nazarda tutilgan. Operatorlar sug‘urta xizmatini taqdim etish bilan bog‘liq barcha savollarga javob qaytaradi, sug‘urta hodisasi yuz berganda qo‘llab-quvvatlaydi, maqbul sug‘urta dasturini tanlashga, uning narxlarini hisoblashga, muddatini uzaytirishga hamda sug‘urta daʼvolarini ko‘rib chiqish natijalarini bilishga yordam beradi.

 

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova