10-fevral kuni Toshkent shahridagi Yeoju texnika institutida Gross Insurance kompaniyasining ochiq kirish ma'ruzasi bo'lib o'tdi.
Tadbirda institutning yuqori kurs talabalari ishtirok etishdi. Ishtirokchilarga sug'urta asoslarini bilib olish, kompaniya faoliyati bilan tanishish, ularni sug'urta sohasida qiziqtirgan savollarini berish kabi ajoyib imkoniyatlar berildi.
Talabalar uchun amaliy yo'nalishdagi savollarga - Gross Insurance kompaniyasida amaliyot o'tash imkoniyati to'g'risida javob olishga qiziqish bildirishdi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Gross Insurance va Yeoju texnika instituti hamkorlik to'g'risida memorandum imzolashdi.