Gross Insurance 2020-yil yakunlarini sarhisob qildi va 2021-yilga mo'ljallangan rivojlanish istiqbollarini belgilab oldi.
Tadbirda qatnashganlar:
- Kompaniyaning bosh direktori A. Abdusattorov hamda departamentlar rahbarlari.
- Kompaniya filiallari xodimlari.
Uchrashuv davra suhbati tarzida bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar erishilgan natijalar doirasida juda dolzarb mavzularni har tomonlama muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Shuningdek, yig'ilish davomida kompaniya kengashi har bir bo'limning ustuvor vazifalari, yangi tamoyillari va ish mexanizmlarini batafsil bayon qilib, kelgusi yil uchun rejalari bilan o'rtoqlashdilar.
⠀
Uchrashuv yakunida Gross Insurance kompaniyasi rahbariyati eng yaxshi filiallarni esdalik sovg'alar bilan taqdirlashdi!