Gross Insurance va New Life Insurance ish o'rinlari yarmarkasida ishtirok etdi.
Gross Insurance va New Life Insurance 26-27-noyabr kunlari Humo Arena majmuasida bo'lib o'tgan yosh ish izlovchilar uchun «Imkoniyatlar mamlakati» ish o'rinlari yarmarkasida ishtirok etdi.
Ikki kun ichida biz turli mutaxassislar va oliy o'quv yurtlari talabalari, shu jumladan INHA va Team University talabalaridan rezyumelarni to'pladik.
Bugun bizda IT va moliya sohasida ochilgan 11 ta bo'sh ish o'rinlari hamda talabalar uchun amaliyot dasturi mavjuddir.
Barcha rezyumelar ko'rib chiqiladi va eng qiziqarli nomzodlar suhbatga taklif qilinadi.
Gross Insurance - bu O'zbekiston sug'urta bozoridagi birinchi raqamli kompaniya. Bozor talablarini hisobga olgan holda yuqori kadrlar salohiyatini shakllantirish bizning ustuvor vazifamizdir.