Quvonchingizga sherikmiz.
Moliya vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 3-choragi yakuni bo‘yicha Gross Insurance kompaniyasi sug‘urta majburiyatlari va mukofotlari hajmi bo‘yicha mamlakatda yetakchi o‘rinni egallamoqda.
2 milliondan ziyod sug‘urta qildiruvchilar va 2,6 millionta shartnomalar bo‘yicha sug‘urta qilingan shaxslarga sifatli xizmat ko‘rsatish, 14 mingdan ortiq sug‘urta hodisalarini hal etish, 60 milliard so‘mdan ortiq to‘lovlarni to‘lash, butun O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yuritayotgan 100 ta filial va bularning barchasi atigi 9 yillik faoliyat davomida erishilgan.
Biz Sizlarning kelajakdagi ishlaringizda rivoj, mijozlarning yuksak ishonchi va yana-da rivojlanishingiz uchun ulkan zafarlar tilaymiz.
Sizlar bilan hamkorlik qilishdan bag‘oyat shodmiz.
Omad yor bo‘lsin!