GROSS INSURANCE: Kutilmagan xarajatlarni qanday chetlab o‘tish mumkin?
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2020-10-19

GROSS INSURANCE: Kutilmagan xarajatlarni qanday chetlab o‘tish mumkin?

2020-10-19

Batafsil: https://daryo.uz/k/2020/10/17/avtosugurta-kutilmagan-xarajatlarni-qanday-chetlab-otish-mumkin/

Avtomobil sotib olayotganda, biz uning xavfsizligidan xavotirlanamiz, chunki baxtsiz hodisa yoki o‘g‘irlik katta xarajatlarga aylanishi mumkin. Kimdir omadga ishonadi, lekin siz avtomobil sug‘urtasi yordamida kutilmagan xarajatlarni chetlab o‘tishingiz mumkin.

Gross Insurance sug‘urta kompaniyasi avtomobilni sug‘urtalashning bir necha turlarini taqdim etadi. Bugun biz ularni farqlashni o‘rganamiz.

Majburiy avtosug‘urta nima?

TVEFJMSQ (majburiy avtosug‘urta) — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashdir. Majburiy avtosug‘urta to‘lovlari Sizdan zarar ko‘rganlarga to‘lab beriladi. Yaʼni, agar majburiy avtosug‘urta polisining egasi aytaylik, birovning mashinasiga zarar yetkazsa yoki birovning oyog‘ini bosib ketsa, uning sug‘urta kompaniyasi birovning mol-mulkiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar miqdorini qoplaydi. O‘zingizning mashinangizni esa o‘z hisobingizdan taʼmirlashingiz kerak, shuningdek, buning oqibatida kelib chiqadigan boshqa xarajatlarni ham o‘z hisobingizdan qoplaysiz. Ushbu sug‘urta bo‘lmasa, Sizga avtomobilni boshqarishga ruxsat berilmaydi. Majburiy avtosug‘urta polisining qiymati davlat tomonidan belgilanadi .

Siz majburiy avtosug‘urtani havola orqali sotib olishingiz mumkin, Sizga polis O‘zbekistonning istalgan nuqtasiga bepul yetkazib beriladi https://gross.uz/uz/osago-calc

Ixtiyoriy avtosug‘urta nima va u nimadan himoya qiladi?

Ixtiyoriy sug‘urta transport vositasi egasining manfaatlarini himoya qiladi. Hatto uning o‘zi YTH aybdoriga aylanib qolsa va uning sug‘urta qilingan avtomobili baxtsiz hodisaga duchor bo‘lsa ham, sug‘urta to‘lovlari ushbu zararni qoplaydi. Avtomobil egasi sug‘urta bo‘yicha to‘lovni oladi yoki mashina sug‘urta kompaniyasi hisobidan taʼmirlab beriladi.

Gross Insurance AVTO-VIP va Prestige sug‘urta polislarini tavsiya etadi — bu transport vositasiga zarar yetishi yoki o‘g‘irlash holatlaridan ixtiyoriy sug‘urtalashdir. AVTO-VIP sug‘urtasi barcha xatarlarni istisnosiz qoplaydi. Agar mashina avtohalokatga uchrasa, tomdan ustiga muz bo‘lagi tushib zarar yetkazsa yoki hatto haydovchining o‘zi YTH aybdoriga aylansa ham, AVTO-VIP Sizning avtomobilingizni taʼmirlash xarajatlarini qoplaydi. Bundan tashqari, agar Siz shu kabi sug‘urtaning egasi bo‘lsangiz, kompaniya taʼmirlash davrida Sizga boshqa avtomobil ijarasi yoki taksi xizmatlari uchun haq to‘laydi, agar ehtiyoj tug‘ilsa, evakuator chaqish xarajatlarini ham qoplaydi. Bunday polisning narxi avtomobilning xizmat ko‘rsatish yiliga va uning markasiga bog‘liq bo‘ladi.

Siz AVTO-VIP yoki Prestige sug‘urta narxlarini (baʼzi cheklovlar bilan) hisoblashingiz, va bu polislarni onlayn tarzda havola orqali rasmiylashtirishingiz ham mumkin https://gross.uz/uz/kasko-calc

Odatda transport vositasi egalari bunday polislarni o‘z xohishlari bilan rasmiylashtirishadi. Ammo qimmatbaho mashina sotib olayotganda, sug‘urtadan voz kechmagan maʼqul, chunki polis Sizning mashinangizni har qanday muammo va katta xarajatlardan himoya qiladi.

Shuningdek, Gross Insurance Sizga sug‘urta kompaniyasining hayotni sug‘urtalash sohasida New Life Insurance sug‘urta xizmatidan foydalanishni va YTH yuz berishidan hayotingizni sug‘urtalashni taklif etadi.

“AVTOMED” polisi bu — YTH yuz berishini ixtiyoriy tibbiy sug‘urta qilishdir. Ushbu polisni sotib olish uchun siz transport vositasiga egalik qilishingiz shart emas, sug‘urta polisi Sizni mashina urib yuborganda yoki YHTga uchraganingizda ham Sizga Respublikaning yetakchi tibbiyot klinikalarida o‘z vaqtida zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatilishini taʼminlaydi. Sug‘urta polisini kompaniya ofislarida rasmiylashtirish mumkin.

Qaysi sug‘urta polisini tanlashingizdan qatʼi nazar, eng muhimi bu – sug‘urta kompaniyasini to‘g‘ri tanlay bilishdir.

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova