SARDOBAGA INSONPARVARLIK YORDAMI
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2020-10-05

SARDOBAGA INSONPARVARLIK YORDAMI

2020-10-05

Bugungi murakkab davrda odamlar nafaqat karantin qoidalari bilan yashashlari balki tabiiy ofatlarga ham duch kelishlariga togri keldi. Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi Sirdaryo viloyatining o‘n minglab aholisi boshiga tashvish yogdirib, boshpanasiz qolishlariga sabab bo‘ldi. Bunday vaziyatda eng qiyini bolalarga bo‘ladi, ular bu baxtsizlikda bir lahzadada uysiz, joysiz, kiyimsiz va sevimli o‘yinchoqlarisiz qolishga va bunga toqat qilishlariga to‘g‘ri keldi.

Gross 𝗜𝗻𝘀𝘂𝗿𝗮𝗻𝗰𝗲 va 𝗡𝗲𝘄 𝗟𝗶𝗳𝗲 Insurance sug‘urta kompaniyalari Sirdaryo viloyatiga 358 ta bolalar to‘plamini yolladilar. To‘plamlar hozirgi vaqtda zarar ko‘rgan oilalar istiqomat qilayotgan Oqoltin viloyatidagi Olimpiya zaxiralari kolleji va Irrigatsiya kollejiga yuborildi.

To‘plamlar aksiya doirasida yig‘ilgan mablag‘ga sotib olindi, unga ko‘ra “BOLAJONIM” bolalar baxtsiz hodisalar va yuqumli kasalliklar bo‘yicha polisini sotishdan tushadigan mablag‘ning bir qismi suv toshqini ostida qolgan bolalarga yordam sifatida yo‘naltirildi.

Sirdaryo viloyatidagi to‘g‘onning yorilishi jiddiy zarar etkazdi, ko‘plab uylar yashashga yaroqsiz holga kelgani sabab buzishga to‘g‘ri keldi. Shu sabab, kompaniya uylarni tezroq tiklash va fuqarolarni odatiy hayotga qaytishi uchun jabrlanganlarga 3 mlrd. so‘m ajratdi.

Yanada ko'proq sura'tlarni telegram kanalimizda ko'rsangiz bo'ladi.

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova