GROSS INSURANCE DAN TOSHKENTDAGI INXA UNIVERSITETI TALABALARIGA GRANTLAR
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2020-09-19

GROSS INSURANCE DAN TOSHKENTDAGI INXA UNIVERSITETI TALABALARIGA GRANTLAR

2020-09-19

1.     Tanlovda qo‘llaniladigan atamalar va tushunchalar:

Topshiriq – 2020 yilning 2 oktyabriga qadar bo‘lgan muddatda bajarilishi zarur bo‘lgan vazifa. Topshiriq uchta yo‘nalishdan iborat:

-         veb-sayt – obligatsiyalarni sotish uchun elektron savdo maydonchasini yaratish;

-         veb-sayt – avtomobil va ko‘chmas mulkni elektron baholash tizimini yaratish;

-         IOs uchun Gross Mobile mobil ilovasini ishlab chiqish.

Bunda Ishtirokchi yoki Jamoa bitta yo‘nalishni tanlashi va Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida uni ko‘rsatishi shart.

Ariza – Universitet Saytida elektron ro‘yxatdan o‘tkazish shaklini to‘ldirishda va jo‘natishda Ishtirokchi/lar tomonidan taqdim etilgan axborot.

Hayʼat – Ishtirokchilarga sovrin berish masalasini hal qiladigan ekspertlar guruhi (Hayʼat aʼzolari). Hayʼat aʼzolarining tarkibi kamida besh kishidan (3 ta GROSS INSURANCE vakili, 2 ta INXA vakili) iborat bo‘ladi. Hayʼat tarkibi Tashkilotchi tomonidan shakllantiriladi.

Ishtirokchi – Toshkentdagi INXA Universitetining 3 yoki 4-bosqich talabasi. Ishtirokchilar jamoalarga (2 kishigacha) birlashishlari yoki yakka ravishda ishtirok etishlari mumkin.

Tashkilotchi – «GROSS INSURANCE» MCHJ sug‘urta kompaniyasi. Tashkilotchi Tanlovni o‘tkazish tartibi, maqsadlari va vazifalarini belgilaydi, Mentor va Hayʼat tarkibini shakllantiradi, yakunlarni chiqaradi hamda bosh sovrinlarni beradi.

Mentor – Tashkilotchining Jamoalarga maslahat va uslubiy yordam ko‘rsatuvchi vakili («Gross Sug‘urta Olami» O‘quv markazi). Mentor Hayʼat aʼzosi bo‘lmaydi.

G‘olib – belgilangan mezonlarga ko‘ra Hayʼat bergan baholar natijalari bo‘yicha grant olgan ishtirokchi yoki jamoa.

Sovrin – «GROSS INSURANCE» sug‘urta kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan grant bo‘lib, u 2020-2021 o‘quv yilida o‘qish uchun kontrakt summasining 50% ni qoplab beradi (2 ta grant).

2. Tanlovni o‘tkazish maqsadlari:

 Kompaniyaga keyinchalik ishga joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish maqsadida nomzodlarni izlash;

– Topshiriqqa muvofiq Dasturlarni ishlab chiqish.

3. Tanlovni o‘tkazish va sovrinlarni berish muddatlari

Birinchi bosqich «Arizalarni qabul qilish va g‘oyalarni moderatsiya qilish» – 2020 yilning 18 sentyabridan to 22 sentyabri mobaynida

Ikkinchi bosqich «Grantlar tanlovi» – 2020 yilning 22 sentyabridan
to 2 oktyabri mobaynida

Yakunlarni chiqarish – 2020 yilning 5 oktyabri

4. Ishtirok etish shartlari

Arizani to‘g‘ri to‘ldirgan holda topshirgan shaxs Tanlov ishtirokchisi deb tan olinadi. Har bir ishtirokchi/jamoaning vazifasi – ro‘yxatda taqdim etilgan bir necha Topshiriqdan bittasini tanlab olish va Dasturni ishlab chiqish. Har bir ishlab chiqilgan Dastur yangi va original bo‘lishi yuzasidan talablarga javob berishi lozim. Tanlovda muvaffaqiyatga erishgan G‘olib sovrinni olish uchun barcha zarur axborotni Tashkilotchiga uni keyinchalik topshirish maqsadida taqdim etish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

5.     Tanlovni o‘tkazish bosqichlari

Grantlar tanlovi ikki bosqichda o‘tadi:

Birinchi bosqich – «Arizalarni qabul qilish va g‘oyalarni moderatsiya qilish». Tanlovning Birinchi bosqichida ishtirok etish uchun har bir Jamoa hamda Jamoaga kirmaydigan Ishtirokchi birinchi bosqich o‘tkazilishi muddati mobaynida Ariza shaklini to‘ldirishi zarur. Ariza shakli to‘ldirilganida har bir Ishtirokchi yoki Jamoa to‘g‘risida quyidagi maʼlumotlar ko‘rsatilishi lozim: familiyasi, ismi, otasining ismi, elektron pochta manzili (e-mail), mobil telefon raqami. Ishtirokchi Arizasini to‘ldirishda quyidagi maʼlumotlarni ko‘rsatishi kerak, yaʼni taqdim etilgan uchta yo‘nalish doirasidan Ishtirokchi Dastur ishlab chiqishda qatnashishni istagan bitta g‘oya (yo‘nalish) tanlanishi lozim. Ariza shaklini to‘ldirish uchun havola.

Ikkinchi bosqich «Grantlar tanlovi»: 2020 yilning 22 sentyabridan
to 2 oktyabri mobaynida bo‘lgan davrda ishtirokchi yoki jamoa tanlangan yo‘nalish bo‘yicha ishlanmalarini tayyorlashi lozim. Topshiriqlar yuzasidan bajarilgan ishlarning taqdimoti 2020 yilning 5 oktyabr.

kuni bo‘lib o‘tadi, unda Hayʼat G‘oliblarni aniqlaydi. Tanlovga Dasturlarni baholash asosida Hayʼat tomonidan yakun qilinadi.

Dastur quyidagi talablarga javob berishi kerak:

- loyiha g‘oyasi;

- ro‘yobga chiqarish (maket, interfeys, funksionallik);

- ilova qilinadigan materiallar (taqdimot, tavsifi, chiqishlar).

Hayʼat tomonidan baholash natijalari bo‘yicha ikki g‘olib grantni qo‘lga kiritadi, u joriy o‘quv yilida INXA Universitetida o‘qish uchun kontrakt summasining 50% ni qoplaydi.

6. Taraflarning majburiyatlari

Ishtirokchi Topshiriqni bajarish doirasida Tashkilotchidan olgan maʼlumotlar va axborotdan shaxsiy yoki tijorat maqsadlarida foydalanmasligi, uni Tanlov o‘tkazilishidan tashqarida eʼlon qilmasligi, uchinchi shaxslarga bermasligi shart. Tanlov Tashkilotchisi Ishtirokchilardan ruxsat olmagan holda Tanlov jarayonida taklif qilingan har qanday g‘oyalar, konsepsiyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullardan, texnik, tashkiliy yoki boshqa vazifalar borasidagi yechimlardan o‘z xohishicha foydalanish huquqini saqlab qoladi. Tashkilotchi Hayʼatni shakllantirish va Mentorni belgilash majburiyatini zimmasiga oladi. Tashkilotchi G‘olib deb topilgan Tanlov Ishtirokchilariga sovrinlarni berish majburiyatini zimmasiga oladi. Tanlovni tashkil qilish va o‘tkazish munosabati bilan yuzaga keladigan barcha nizo va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishi lozim.

 

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova