Global Banking & Finance Review nashri Gross Insurance kompaniyasini O‘zbekistonda turizm sohasidagi eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi sifatida e’tirof etdi
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2020-08-21

Global Banking & Finance Review nashri Gross Insurance kompaniyasini O‘zbekistonda turizm sohasidagi eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi sifatida e’tirof etdi

2020-08-21

Global Banking & Finance Review (Buyuk Britaniya) xalqaro moliyaviy jurnalining talqiniga ko‘ra Gross Insurance sug‘urta kompaniyasi 2020-yilda O‘zbekistonda turizm sohasidagi eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi sifatida tan olindi.

Bu haqida ma’lumot moliyaviy media-platforma saytida chop etilgan.

Gross Insurance eng innovatsion va tajribali sug‘urta kompaniyalaridan biri bo‘lib, sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinlarni egallagan holda ko‘p yillardan beri bir maromda o‘sishga erishmoqda.

Xizmatlarni tashkil etish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi Allianz (Olmoniya) va Remed Assistance (Turkiya) kabi jahonning yetakchi kompaniyalari turistik sug‘urta sohasida kompaniyaning ko‘p yillik hamkorlari hisoblanadi.

Sayohatchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida kompaniyada Gross Mobile mobil ilovasi ishlab chiqilgan, uning yordamida mijozlar, qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, tezkor va malakali yordam olish uchun Gross Insurance kompaniyasining tunu-kun ishlaydigan Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markaziga internet va telefon orqali murojaat qilish imkoniga ega.

“Kompaniyamizning turistik sug‘urta sohasidagi qariyb 6 yillik faoliyati davomida yarim milliondan ortiq yurtdoshlarimiz o‘z safarlari va sayohatlari davriga o‘z manfaatlarini himoya qilishni bizga ishonib topshirdi. Ushbu davr mobaynida biz chet elda o‘tkazilgan 120 dan ortiq shoshilinch murakkab operatsiyalarni to‘lab berdik, baxtsiz hodisa va vafot etish natijasida yurtdoshlarimizni Vataniga qaytarish bo‘yicha 35 ta holatni tashkillashtirdik hamda 7 mlrd. so‘mdan ortiq sug‘urta qoplamasini to‘ladik” - deydi Gross Insurance kompaniyasining bosh direktori Abduaziz Abdusattorov.

“Kompaniyamizga Global Banking & Finance Awards xalqaro mukofotining berilishi – bu kompaniya hamda xalqaro va mahalliy hamkorlar tomonidan mijozlarimizga eng yuqori darajadagi sug‘urta xizmatlarini, jumladan O‘zbekiston tashqarisida ham taqdim etish bo‘yicha amalga oshirilgan ko‘p yillik mehnatning e’tirofidir” -deya izoh beradi u.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiya sifatida tan olgan COVID-19 infeksiyasining tarqalishi sayohatchilarning rejalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Gross Insurance kompaniyasi uchun mijozlarning xavfsizligi va sog‘lig‘i har doim dolzarb bo‘lgan, shu bois sayohatchilarni sug‘urta qilish bo‘yicha standart qoplamaga yuqumli kasalliklarga, shu jumladan COVID-19’ga chalinganda to‘lanadigan qoplama ham qo‘shildi. Unga ko‘ra xorijda sug‘urtalangan shaxsda COVID-19 infeksiyasi aniqlanganida va u kasalxonaga yotqizilganida 5000 yevroni tashkil etadigan qoplama taqdim etiladi.

Global Banking & Finance Awards mukofoti moliyaviy texnologiyalar va axborot sohasidagi Buyuk Britaniyaning shu nomli eng ommabop mediaplatformalaridan birida 2011-yilda ta’sis etilgan.

Tanlov ishtirokchilari taqdim etiladigan xizmatlar to‘plami va sifati, mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasi, xatarlarni boshqarish sifati hamda turli toifalarda, shu jumladan sug‘urta sohasida ham, texnologik rivojlanish darajasi kabi mezonlar bo‘yicha o‘zaro solishtiriladi.

Reyting mustaqil tadqiqotlar natijalariga hamda mustaqil ekspertlar, soha rahbarlari va insayderlarining baholariga asoslangan.

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi: 1166.

Sayt: gross.uz

Facebook: fb.com/grossuz

Instagram: @grossuzb

Telegram: t.me/grossuzb

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova