Birgalikda va ishonch bilan kelajak sari!
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2020-04-03

Birgalikda va ishonch bilan kelajak sari!

2020-04-03

Qadrli do‘stlar! Hayot kutilmagan chaqiriqlar bilan insonni imtihondan o‘tkazishi mumkin. Boshga sinov kelgan paytlarda atrofingizdagi insonlar va hayotingizda bo‘lib o‘tgan voqealarga boshqacha munosabatda bo‘la boshlaysiz! Bunday sharoitlarda o‘zingizni siz uchun chinakam yaqin insonlar mehri og‘ushida, doimo yordamga kelishga tayyor bo‘lgan mustahkam va dadil hamkorlar g‘amxo‘rligi qurshovida haqiqatda himoya ostida ekanligingizni his etish muhimdir!

Mamlakatimizda virus tarqalishining ilk onlaridayoq Prezidentimiz chaqirig‘iga javoban hamda ehtiyot chorasi sifatida umumiy sug‘urta sohasida faoliyat yuritayotgan Gross Insurance va hayot sug‘urtasi sohasiga ixtisoslashgan New Life Insurance kompaniyalari faqat uyda qolish mazkur ofat tarqalishi yo‘lida eng ta’sirchan to‘siq ekanligini to‘liq his etgan holda o‘z xodimlarining ko‘pchilik qismini masofadan turib ishlashga o‘tkazdi!

Shu bilan birga kompaniyalarimiz tomonidan sug‘urta to‘lovlarini to‘lashga doir barcha majburiyatlar o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarilmoqda. Masalan, New Life Insurance karantin rejimi kiritilganligiga qaramay, o‘z mijozlariga har kuni o‘rtacha 350–400 million so‘m atrofida to‘lovlarni to‘lab bermoqda. Ushbu mablag‘larning har bir so‘mi yuzaga kelgan vaziyatda real yordam bo‘lishiga ishonchimiz komil!

Tabiiyki, bunday vaziyatda tibbiy sug‘urta ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Biz bu borada sug‘urta bozorida shak-shubhasiz yetakchilar ekanligimizni faxr bilan tilga olamiz! Gross Insurance va New Life Insurance kompaniyalarining Tibbiy sug‘urta dasturlari mamlakatimizdagi 300 dan ortiq xususiy va davlat klinikalarida kasallikka tashhis qo‘yish hamda davolash va 230 dan ortiq dorixonalarda dorilar olish xizmatlaridan tezkor ravishda foydalana olish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Shifokor qabuliga yozib qo‘yish, yaqin orada joylashgan klinika va dorixonani izlab topish funksiyalariga ega bo‘lgan bizning Gross Insurance mobil ilovamiz kerakli vaqtda va siz uchun qulay joyda kerakli mutaxassisni topishga yordam beradi, siz uni hoziroq https://gross.uz/m havolasi bo‘yicha yuklab oling va bizning so‘zlarimizga ishonch hosil qiling! Gross Insurance mijozlariga ham, NewLife Insurance mijozlariga ham xizmat ko‘rsatayotgan bizning “24/7/365” ish tartibida dam olish kunlarisiz faoliyat yuritayotgan professional Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi 1166 yagona qisqa raqami orqali O‘zbekistonning butun hududi bo‘ylab kun-u tun davomida servis yordamini ta’minlagan holda mijozlarning murojaatlariga tezkor ravishda javob beradi!

O‘zbek, rus va ingliz tillarida xizmat ko‘rsatadigan operatorlar, tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish va kuzatib borish uchun katta ish tajribasiga ega bo‘lgan shifokorlar bilan jamlangan Tibbiyot guruhi, har bir chaqiriqqa javob beradigan va zarur hollarda joyga yetib keladigan Avariya komissarlari xizmati – bularning barchasi sizning tasarrufingizda!

Qiyinchiliklar va kiritilgan cheklovlarga qaramay, biz sutkada 24 soat, haftada 7 kun, yilda 365 kun siz bilan aloqadamiz – masofadan turib va onlayn tarzda ishlayapmiz. Siz 1166 qisqa raqami yoki Gross Insurance mijozlari uchun info@gross.uz va New Life Insurance mijozlari uchun info@nli.uz elektron pochta manzillari orqali va har ikkala kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Shak-shubhasiz, mazkur holat mamlakatimiz va butun dunyo uchun misli ko‘rilmagan sinovdir. Ishonamizki, barchamiz va bizning jonajon O‘zbekiston uni munosib ravishda birgalikda yengib o‘tamiz. O‘zingizni va o‘z yaqinlaringizni asrang!

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova