GROSS INSURANCE va NEW LIFE INSURANCE kompaniyalari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Ezgulik qilishga shoshiling!” xayriya aksiyasini boshladi
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2020-06-01

GROSS INSURANCE va NEW LIFE INSURANCE kompaniyalari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Ezgulik qilishga shoshiling!” xayriya aksiyasini boshladi

2020-06-01

Mazkur aksiya doirasida “Bolajonim” sug‘urta dasturlari bo‘yicha polislarni sotishdan kelib tushgan mablag‘larning 25 foizi ehtiyojmand bolalar uchun xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.

Uzoq yillardan beri, 1950-yildan boshlab 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Ehtimol, qilingan kichik bir yaxshilik, ko‘rsatilgan mehr har bir bola himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashga, g‘amxo‘rlik va e’tiborga molik ekanligini yodda tutishga yordam beradi.

Urf-odatlari, dunyoqarashi asrlar davomida shakllanib kelgan xalqimizda go‘zal bir xislat borki, u ham bo‘lsa bolaning begonasi bo‘lmaydi deb, hech qachon ajratmaydilar. Har bir bola sog‘lom, qorni to‘q, usti but, doimo e’tiborda, ruhiy va jismoniy zo‘ravonlikdan himoya qilingan bo‘lishi lozim!

Gross Insurance MChJ o‘z faoliyati davomida qator keng ko‘lamli xayriya aksiyalarini tashkil qilgan. 2019-yilning sentyabr oyida “Mehrli qo‘llar” Imkoniyati cheklangan bolalar markazi bilan hamkorlikda Mini-futbol bo‘yicha to‘rtinchi xayriya turniri tashkil etildi, unda kompaniyaning mahalliy va xorijiy sheriklari ishtirok etdi. 70 million so‘mdan ortiq barcha to‘plangan mablag‘lar ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarda yurakda operatsiya amalga oshirilishi uchun yo‘naltirildi.

Aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda himoya qilishga qaratilgan davlat strategiyasini amalga oshirish maqsadida Gross Insurance va New Life Insurance kompaniyalari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Ezgulik qilishga shoshiling!” xayriya aksiyasini boshladi.

Ushbu maqsadda Gross Insurance sug‘urta kompaniyasi “Bolajonim” sug‘urta dasturini ishlab chiqdi. Mazkur dastur baxtsiz hodisa oqibatlarini yoki infeksiya kasalliklarini davolashda moliyaviy jihatdan xotirjamlikni va oila byudjeti barqarorligini ta’minlash imkonini beradi.

“Bolajonim” sug‘urta mahsulotining afzalliklari quyidagilarda yaqqol ayon bo‘ladi:

- Bola shikastlanganida yoki infeksiya kasalliklariga chalinganida mablag‘larning saqlanishi va moliyaviy jihatdan xotirjamlik kafolati;

- 20 ta turdagi infeksiya kasalliklaridan, shu jumladan COVID-19’dan sug‘urta himoyasi;

- Sug‘urta hodisasida sug‘urta to‘lovini o‘z vaqtida olish kafolati;

- Maqbul narx. Sug‘urta polisining qiymati 50 ming so‘m.

Ushbu aksiya doirasida “Bolajonim” sug‘urta dasturlari bo‘yicha polislarni sotishdan kelib tushgan mablag‘larning 25 foizi ehtiyojmand bolalar uchun xayriya ishlariga yo‘naltiriladi. Mazkur Polisni xarid qilgan holda o‘z bolangizni nafaqat turli xavflardan, jumladan COVID-19 kasalligidan himoya qilibgina qolmay, balki yordamga muhtoj bolalar uchun xayriya qilishdek savobli ishga o‘z benazir hissangizni qo‘shishingiz mumkin.

Xususan, “Mehrli qo‘llar” Imkoniyati cheklangan bolalar markazi, “Lukoyl O‘zbekiston Opereyting Kompani”, Surhan Gas Chemical Operating Company MChJ chet el kompaniyasi, Orient Finans Bank XATB kabi Kompaniyaning sheriklari “Ezgulik qilishga shoshiling!” xayriya aksiyasi yuzasidan o‘z munosabatlarini bildirdi. “Lukoyl O‘zbekiston Opereyting Kompani” kompaniyasi Qashqadaryo, Buxoro, Toshkent viloyatlarida 6 ta mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalarni sug‘urta qilish niyatini izhor qildi.

Shuningdek, gross.uz saytida mamlakat bo‘yicha mehribonlik uylari va maktab-internatlari joylashgan manzillar ko‘rsatilgan xarita hamda ular to‘g‘risidagi qisqacha axborot joylashtirilgan.

Keling, mazkur interaktiv xaritani barcha mehribonlik uylari va maktab-internatlarini qamrab olgan holda birgalikda to‘ldirilaylik, bu ma’lumotlar xayriya qilishni istagan barcha-barchaga ularni topishga va ularga yordam qo‘lini cho‘zishga imkon beradi!

Gross Insurance  va New Life Insurance kompaniyalari o‘zining hamkorlarini, fuqarolarni va boshqa tashkilotlarni ham mazkur xayriya aksiyada faol bo‘lishga chaqiradi.

Ma’lumot olish uchun telefon raqami: 1166.

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova