Suv toshqinining oqibatlari. Sug‘urta kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar
GROSS INSURANCE kompaniyasining hodisa joyidan tayyorlangan fotoreportaji.
Sardoba suv ombori to‘g‘onida yuz bergan o‘pirilish oqibatida kelib chiqqan fojia haqida, hodisa joyidan olingan kadrlar hozirga qadar ko‘pchiligimizning ko‘z oldimizda turgan bo‘lsa kerak.
Ayniqsa, Mirzaobod tumanida yarmiga qadar suvga cho‘kkan yangi kottejlar, suv bosgan ko‘chalar va infratuzilma obyektlari aks etgan fotosurat va videotasvirlar boshqalardan keskin ajralib turar edi.
Birinchi imkoniyat yuzaga kelishi bilanoq, suv toshqini oqibatlarini tugatish jarayoniga mamlakatimizdagi sug‘urta kompaniyalari ham kirisha boshladi. Hukumat tomonidan alohida ishchi guruhi shakllantirilgan bo‘lib, ofatdan zarar ko‘rgan hududlarda sug‘urta qilingan obyektlarning ro‘yxatini tuzish, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va uylarni tezda tiklash hamda fuqarolarimizni normal hayot tarziga qaytarish uchun sug‘urta qoplamalarini to‘lash bilan bog‘liq masalalarni tezkor ravishda hal qilish mazkur guruh vazifasi doirasiga kirar edi.
Ammo sug‘urta, baholash-smeta va qurilish-ta’mirlash kompaniyalarining mutaxassislari hodisa joyiga yetib kelishidan avval, hudud va yo‘llarni tozalash, vayron bo‘lgan inshootlar, qo‘porilgan daraxtlar va ko‘chatlarning qoldiqlarini ajratib olish va olib chiqish, uy hayvonlarining jasad va qoldiqlarini to‘plash va ko‘mish, hududni dezinfeksiya qilishga doir katta ko‘lamdagi ishlarni olib borish talab qilinar edi. Talonchilik faktlari va boshqa jinoyatlarni oldini olish uchun ofatdan zarar ko‘rgan hudud huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘rab olindi va uning hududiga kirish qat’iy cheklandi.
Joriy yilning 7-may kuni “Gross Insurance” sug‘urta kompaniyasi “Temir yo‘lchilar” uy-joy massivini ko‘zdan kechirish uchun ruxsat oldi. Mazkur massivda joylashgan kottejlarning 44 tasi “Gross Insurance” kompaniyasida sug‘urta qilingan.
8-may kuni ertalab soat 09:00 da “Gross Insurance” sug‘urta kompaniyasining vakillari mahalliy hokimiyat organining vakolatli vakili kuzatuvida uy-joy massivini ko‘zdan kechirishni boshladi.
Kottejlar tashqi ko‘zdan kechirilganida, dastlab shikastlanishlar sezilarli emasdek tuyuladi. Vayronagarchiliklar ko‘lamini dastlabki baholashda suv toshqini bo‘lgan kunda deyarli derazalar sathiga qadar ko‘tarilgan suvdan qolgan faqat loyli izlar ayrim xavotirlarni keltirib chiqargandek bo‘ladi.
Va nihoyat, xonalar ichkaridan turib ko‘zdan kechirilganidagina, yetkazilgan zararning real manzarasi his etiladi.
Kottejlar joylashgan zaminning keyingi cho‘kishi bilan suv bosishi poydevorning yuvilib ketishiga va yuk tashuvchi devorlarning keyingi vayron bo‘lishiga, shiftlar hamda polning o‘pirilishiga olib kelgan.
Qisman qulashi tahdidi tufayli, ayrim uylar ichiga kirish taqiqlangan va biz ulardagi vayronagarchiliklar ko‘lamini ko‘rsata olmaymiz.
Albatta, sug‘urta qilingan kottejlarning barchasi ham bir xilda zarar ko‘rmagan, ammo uylarning katta qismida guruhi aynan shunday xarakterdagi shikastlanishlar mavjud. Yetkazilgan zararga aniq baho berishga hali erta. Loyiha-smeta va qurilish-ta’mirlash tashkilotlari to‘plangan axborotni tahlil qilish asosida faqat endi zararni baholashni amalga oshirishlari va har bir uy yuzasidan ekspert xulosasini chiqarishlari lozim. Ehtimol, ko‘zga tashlanadigan shikastlanishlar mavjud emasligiga qaramay, ayrim uylar yashash uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi va buzilishi lozim bo‘ladi. Oldinda ulkan ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilishi lozim bo‘ladi. Biroq hozirning o‘zidayoq, eng kamtarona hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat ushbu 44 ta kottej bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarining summasi 3,0 mlrd so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Yaqindagina oilalar o‘z go‘shasida umrguzaronlik qilgan vayron bo‘lgan uylarga nazar tashlashning o‘zi kishi qalbini mahzun qiladi, ammo biz sug‘urta to‘lovlari ularga sezilarli ravishda moliyaviy ko‘mak berishiga umid bildiramiz.
Gaz portlashi, yong‘in, suv yoki isitish tarmoqlaridagi avariya, vandalizm, bezorilik, qasddan o‘t qo‘yish, sim ustunlari yoki daraxtlarning qo‘llashi, zilzila yoki boshqa tabiat hodisalari oqibatida sodir bo‘lgan buzilishlar va ko‘rilayotgan zarar haqida har kuni yangiliklarda xabardor bo‘lamiz va jabrlanuvchilar taqdiriga qayg‘uramiz. Endilikda “Gross Insurance” kompaniyasining Uy-joyni sug‘urta qilish dasturlari yordamida bularning barchasidan sug‘urta qilish mumkin.
Siz 1166 qisqa raqami yoki info@gross.uz elektron pochta manzili orqali hamda kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi https://instagram.com/grossuzb, https://www.facebook.com/grossuz sahifalarida biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.