Evolyutsiya sizning qo‘lingizda
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2019-08-09

Evolyutsiya sizning qo‘lingizda

2019-08-09

Biz texnologiyaning, ayniqsa axborotning jadal rivojlanish davrida yashayapmiz. Yer sayyorasida ishlatiladigan smartfonlar soni ikki milliardga yaqinlashib qolmoqda. Ushbu smartfonlarning har biriga soat va ob-havodan tortib qiziqarli o‘yinlar va bank hisoblarigacha bo‘lgan mobil ilovalar o‘rnatiladi. Mobil ilovalar har bir inson hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda, ular vaqtni tejashga, kundalik ishlarni osonlashtirishga yordam beradi.

Bizning kompaniyamizning mobil dasturini ishlab chiqishda ustuvor vazifa qulay va samarali xizmatni yaratishdan iborat bo‘lib, uning yordamida siz tezda polisni rasmiylashtirishingiz, eng yaqin ofisni, klinikani yoki dorixonani osongina topishingiz va ko‘p so‘raladigan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ilovani yuklab olish bepul va undan foydalanish juda oson. Mobil yordamchi - bu bilimlarni  ishonchli saqlovchi vosita, uning asosiy afzalligi esa - noyob SOS tugmasi - kutilmagan vaziyatlarda siz uchun ajoyib yordamchi bo'ladi. Chet elda bo‘lsangiz ham! Siz har doim bu yordamdan foydalanishingiz mumkin!
Vaqtingizni tejang – mobil ilovamizni telefoningizga yulklab oling, u O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yagona bunday ilovadir.
Yuklab olish sahifasi: http://gross.uz/m

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova