Sug'urta bozorining roli kuchaymoqda. Prezidentning yangi qarori chiqdi!
SUG‘URTA BOZORINING ROLI KUCHAYMOQDA. PREZIDENTNING YANGI QARORI CHIQDI!
⠀
2019-yilning 2-avgust kuni "O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishinining asosiy yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, ularning maqsadi quyidagilardan iborat:
milliy sug‘urta bozorining jadal rivojlanishini ta‘minlash;
sug‘urta xizmatlarining talab yuqori bo‘lgan yangi turlarini joriy etish;
iste‘molchilarning sug‘urta bozoriga bo‘lgan ishonchini oshirish.
Ushbu qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" va qator hujjatlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlangan.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar davomida iqtisodiyotning barqaror o‘sishini, aholi hayotining sifati va darajasini oshirishni ta’minlovchi moliyaviy xizmatlarning faol rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi quvonarli holdir, albatta.
bozorini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Moliyaviy xizmatlarning rivojlanishi, turmush darajasi va sifatini yaxshilanishi sug‘urta bozorining tobora o‘sib borayotgan rolini belgilab beradi.
Moliyaviy xizmatlarning rivojlanishi, o‘z navbatida, sug‘urta bozorining rolini kuchaytirishni va sug‘urta vositalarini keng qo‘llahni taqozo etadi. Sug‘urta bozorining rolini kuchayishi esa sug‘urtalashning jahon andozalari darajasiga chiqish va munosib kelajakni ta’minlash imkoniyatini beradi.
Munosib kelajak – bu har birimiz intiladigan maqsad! GROSS INSURANCE bilan buni yengil amalga oshirish mumkin!