Bizning avariya komissarlarimiz
Yo'llarda "yo'l-transport hodisalari" afsuski sodir bo'lib turadi.
Shunday holatlar bo'ladiki, yo'l-transport hodisasiga uchragan va qattiqda bo'lgan haydovchi har doim ham vaziyatni to'g'ri baholay olmaydi, natijada to'lanishi lozim bo'lgan sug'urta tovonini to'g'ri aniqlash masalasi xavf ostida qoladi. Sug'urtaning barcha masalalarini hal qilishda avariya komissarlari yordamga keladi. Bizning avariya komissarlarimiz quyidagi vazifalarni hal qilishda yordam berishadi:
Yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish, shu jumladan, foto va videosuratga olish vositalaridan foydalangan holda;
Sug'urta qildiruvchiga zarur hujjatlarni to'ldirishda va DYHXX xodimlari bilan muloqotida yordam berish;
Yetkazilgan zarar miqdorini dastlabki vaziyatda aniqlash (ehtimol qilingan yashirin shikastlanishlarni hisobga olmagan holda), avtomobilning shikastlanishi mohiyati va darajasini baholash;
Sug'urta kompaniyasi uchun hujjatlarni to'plash va tayyorlash;
Avtotransport vositasini evakuatsiya qilish va kuzatib borishda ko'maklashish.
Sizning хotirjamligingiz – bizning vazifamiz!