Biz salohiyatimiz haqida mulohaza yuritmaymiz, biz uni tasdiqlaymiz!
O'zimiz haqida: biz kimmiz?
Joriy yilning 9 oylik yakunlari bo‘yicha “Gross Insurance” MChJ sug‘urta kompaniyalari orasida yetakchi bo‘lgan uchta kompaniyadan biri bo‘ldi, shuningdek, milliy sug‘urta bozorida xususiy sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida 1-sonli kompaniya maqomini saqlab qoldi va yanada mustahkamladi.
Kompaniya tashkil topgan vaqtdan e’tiboran 8 yillik faoliyat davrida 2,5 mln ta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha 400 trln so‘m dan ortiq majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgani holda 3 mln dan ortiq sug‘urta qildiruvchilar va sug‘urtalangan shaxslarga sifatli xizmatlar ko‘rsatdi. Kompaniya tomonidan 14 mingta sug‘urta hodisalari ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bunda 45 mlrd so‘mdan ortiq sug‘urta tovoni to‘langan.
Faqat 2019-yilning 9 oyida yuridik shaxslardan kelib tushgan sug‘urta mukofotining hajmi 144 mlrd so‘mni, jismoniy shaxslardan esa 27 mlrd 855 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, shu tariqa o‘tgan yilning mazkur davriga nisbatan tegishincha 161% va 122% ga o‘sish ta’minlangan. Ushbu raqamlar bizga hamon yuqori darajada ishonch bildirilayotganining yaqqol dalilidir!
Kompaniyamiz mijozlari bo‘lgan yuridik shaxslarga 12 mlrd so‘mga yaqin hamda jismoniy shaxslarga 4 mlrd so‘m sug‘urta tovoni to‘lab berildi. Bu o‘tgan yilning mazkur davriga nisbatan taqqoslanganda tegishincha 238% va 115% ga ko‘pdir.
Qudratimiz nimada?
Qudratimiz, shak-shubhasiz, odamlarda! Jamoamiz a’zolarida! Jamoada bugungi kunda sug‘urta, moliya, audit va aktuar ilmi sohasidagi 500 dan ortiq mutaxassis faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular o‘z ishini sevishadi, o‘z ishining mohir ustalari. Ular o‘zida eng yaxshi mutaxassislarni mujassam qilgan jamoa ruhining kuchiga ishonishadi!
Kompaniya tarkibida Markaziy ofis hamda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimizning barcha mintaqalarida joylashgan 100 dan ortiq filial faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, kompaniya tasarrufida New life insurance sho‘ba korxonasi ham mavjud bo‘lib, u “Hayotni sug‘urta qilish” sohasidagi to‘rtta sinf doirasida va “Umumiy sug‘urta” sohasidagi ikkita sinf doirasida ixtiyoriy va majburiy sug‘urta bo‘yicha xizmatlarni taqdim etmoqda.
Biz bilan ishlash nima uchun qulay?
Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi mijozlarimizga kunda 24 soat, haftada 7 kun, yilda 365 kun mobaynida mamlakatimizning istalgan nuqtasidan 1166 yagona telefon raqami bo‘yicha masofadan turib sifatli xizmat ko‘rsatadi va qo‘llab-quvvatlaydi.
Markaz operatorlari:
- sug‘urta xizmatlarining taqdim etilishi bilan bog‘liq barcha savollarga javob beradi;
- sug‘urta hodisasi yuz berganida mijozlarga yordam ko‘rsatadi;
- sug‘urta qilishning maqbul dasturini tanlashga va uning qiymatini hisoblab chiqarishga, sug‘urta polisi muddatini uzaytirishga, shuningdek sug‘urta da’vosini ko‘rib chiqilishi natijalari haqida ma’lumot olishda yordam beradilar.
Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi huzurida tibbiyot sohasida ko‘p yillik (eng kamida 30 yil) ish tajribasiga ega oliy toifali yuqori malakali shifokorlar tarkibidagi tibbiyot guruhi faoliyat ko‘rsatadi. Bu esa 24/7 rejimida yuqori sifatli maslahat va davolash yordamini ko‘rsatish kafolatidir.
Bizning mijozlarimiz yo‘l-transport hodisalariga uchragan taqdirda, yordamga kelishga tayyor bo‘lgan, yaxshi o‘qitilgan va malakali mutaxassislardan iborat bo‘lgan avariya komissarlari guruhi doimo – kun va tunning qaysi vaqtida ekanligidan qat’i nazar, hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib boradi.
Kompaniya saytida onlayn rejimida bir qator sug‘urta mahsulotlarini xarid qilib, rasmiylashtirish mumkin.
Mijozlarimiz polisni tezda rasmiylashtirish, kompaniyaning eng yaqin joylashgan filialini, yaqin orada joylashgan klinika va dorixonani osongina topish hamda ko‘pincha beriladigan savollarga javob olish imkonini beruvchi mobil ilovamizga o‘z baholarini berdilar. Ilovani https://gross.uz/m elektron manzili bo‘yicha yuklab olish mumkin.
Mobil ilovaning SOS tugmasi favqulodda vaziyatlarda ko‘pchilik uchun beminnat yordamchi bo‘lib ulgurgan. Hatto chet elda bo‘lgan vaqtda ham mijozlar bizning yordamimizdan foydalanishlari mumkin.
Nima uchun ishonishadi?
Kompaniya o‘z portfelining mutanosibligini ta’minlash va diversifikatsiya qilish maqsadlarida qayta sug‘urta qilish himoyasiga ustuvor ravishda e’tiborni qaratadi. “Gross Insurance” MChJ qayta sug‘urta qilishga tavakkalchiliklarni qabul qilish yo‘nalishida ham faol ish olib bormoqda.
Ko‘p yillik ish tajribasiga va xodimlarning yuqori malakasiga asoslangan holda Kompaniya individual sug‘urta dasturlarini, shu jumladan yirik va murakkab tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish dasturlarini ishlab chiqmoqda. Mazkur dasturlar mijozlarga o‘z sarf-xarajatlarini boshqarish va o‘z tanloviga ko‘ra qo‘shimcha opsiyalari bo‘lgan sug‘urta paketini jamlash imkonini taqdim etadi.
Mijozlarimiz nimalarni tanlamoqda?
“Gross Insurance” MChJ aktivida turli yo‘nalishlar bo‘yicha 110 dan ortiq sug‘urta mahsulotlari mavjud. Tahlillar yakunlari shuni ko‘rsatadiki, ular orasida mol-mulkni sug‘urta qilish, javobgarlikni sug‘urta qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish, baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish, transport vositalarini sug‘urta qilish, majburiy sug‘urta qilishning barcha turlari eng dolzarb va jozibador sug‘urta mahsulotlari bo‘lib hisoblanadi.
Biz mijozlarimizga kompleks ipoteka sug‘urtasi, mehmonxona faoliyatini kompleks sug‘urta qilish kabi kompleks sug‘urta qilish dasturlarini, shuningdek mamlakatimiz aholisining ma’lum bir qatlamlari uchun innovatsiya xususiyatidagi qarorlarni, preparatlarning klinik sinovlarida farmatsevtika muassasalarining javobgarligini sug‘urta qilish, onkologik kasalliklar bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta qilish, restoranlarni sug‘urta qilish, turistik operatorlarning professional javobgarligini sug‘urta qilish, “Prestige”, “Avto-vip” kabi avtotransport vositalarini sug‘urta qilish kompleks mahsuloti va boshqa turdagi sug‘urta mahsulotlarini taklif qilamiz.
Hamdardlik
“O‘z boyligini boshqalar bilan bo‘lishmoqlik — oliy fazilat” (Ro‘dakiy)
“Gross Insurance” MChJ yildan yilga o‘tgan sari jamoat va xayriya tadbirlarining tashabbuskori va tashkilotchisi bo‘lib kelmoqda. Biz mazkur voqealar atrofida sug‘urta va moliya bozori vakillarini birlashtirib hamda jipslashtirib kelmoqdamiz va bundan keyin ham buni davom ettiraveramiz. Chunki biz, mayli, garchand mamlakat miqyosida bo‘lmasa-da, hech bo‘lmaganida bir necha insonlar hayoti miqyosida bu muhim ekanligiga ishonamiz.
Har yili mini-futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan xayriya turnirlarini tashkil qilish, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlik qilish, “Humo” xokkey klubi bilan sherikchilik munosabatlarini o‘rnatish vositasida sportni rivojlantirish sohasida olib borilayotgan loyihalar uchun mas’uliyat va cheksiz faxr tuyg‘ularini tuyamiz.
Joriy yilning noyabr oyida “Gross Insurance” MChJ sug‘urta kompaniyasi va “New life insurance” sho‘ba sug‘urta kompaniyasi “Men hayotni tanlayman!” shiori ostida Birinchi ayollar ijtimoiy forumini o‘tkazadilar. Mazkur loyihaning vazifasi oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarning hayotini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Mazkur xayriya tadbiri davomida to‘plangan barcha mablag‘lar shelterlar – Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlariga yo‘naltiriladi.
Biz mijozlarimizning ishonchlarini qadrlaymiz, biz mamlakatimiz kelajagiga umid bilan qaraymiz, biz “ertamizni kechagi kunimizdan” yanada barqaror va muvaffaqiyatli qilishga intilamiz!
Siz misqollab o‘z olamingizni yaratmoqdasiz, uning saqlanishi uchun tavakkalchilikni o‘z zimmamizga olishimizga imkon bering!
Sizning xotirjamligingiz – bizning vazifamiz!