GROSS Ahbor-Reyting agentligi tomonidan uzA++ eng yuqori to‘lov qobiliyati reytingiga sazovor bo‘ldi
Yagona raqam: 1166
Sug‘urta hodisasi Sug‘urta polisini xarid qilish
2025-03-11

GROSS Ahbor-Reyting agentligi tomonidan uzA++ eng yuqori to‘lov qobiliyati reytingiga sazovor bo‘ldi

2025-03-11

Ahbor-Reyting milliy reyting agentligi tomonidan GROSS kompaniyasiga to‘lov qobiliyati bo‘yicha “Barqaror” prognozi bilan uzA++ reytingi berildi. Moliyaviy barqarorlikning mazkur eng yuqori bahosi kompaniyaning sug‘urta bozoridagi ishonchliligi va barqarorligini yana bir bor tasdiqlaydi.

2024-yilda GROSS mijozlarga 109,64 milliard so‘m miqdorda tovon puli to‘ladi, bu 2023-yildagi to‘lovlar hajmidan (81 milliard so‘m) 35 foizga ko‘pdir. Kompaniyaning sug‘urta zaxiralari yil davomida 66 foizga – 246,8 milliard so‘mdan 409,4 milliard so‘mgacha oshdi, bu esa kompaniyaning mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarishga yuqori darajada tayyorligini ko‘rsatadi.

GROSS mijozlar bazasini sezilarli darajada kengaytirdi, bunda tuzilgan shartnomalar soni 16 foizga oshib, 2024-yilda 860 914 taga yetdi. Yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi ham 33 foizga ortib, 450,2 milliard so‘mdan 600,5 milliard so‘mgacha ishonchli o‘sishni ko‘rsatdi.

Kompaniya sug‘urta murojaatlarini hal qilish bo‘yicha yetakchi o‘rinni saqlab qolmoqda. Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (ILMA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda murojaat qilgan polis egalarining 97,7 foizi sug‘urta to‘lovlarini olgan. Mazkur ko‘rsatkich bozordagidan ancha yuqori bo‘lib, o‘rtacha bozor darajasi 89,5 foizni tashkil etadi.

GROSS O‘zbekistondan GAZET INTERNATIONAL AWARDS 2024 xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan yagona kompaniya bo‘ldi. "Best Customer Service in Insurance Uzbekistan 2024" («Sug‘urtada mijozlarga eng yaxshi xizmat ko‘rsatganlik uchun») mukofoti kompaniyaning yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va sug‘urta biznesini rivojlantirishga innovatsion yondashuvidan dalolat beradi.

GROSS kompaniyasi 2022-yildan boshlab har yili Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi tomonidan beriladigan "Barqaror" prognozi bilan "B+" darajasida moliyaviy barqarorlik reytingiga sazovor bo‘lmoqda. 

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova