2019-yil noyabr oyining «Ibratli filial» nominatsiyasi g'olibi aniqlandi
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2019-11-20

2019-yil noyabr oyining «Ibratli filial» nominatsiyasi g'olibi aniqlandi

2019-11-20

Jamoa – Gross Insurance Kompaniyasi katta va ahil oilasining ulkan boyligidir!

Har oy ish yakunlarini ko‘rib chiqqan holda biz markaziy ofisdan to eng kichik hududiy filialgacha, har bir xodimning jamoa faoliyatiga qo‘shgan hissasi naqadar muhim ekanligini his etamiz.

Biroq shunday filiallar borki, ularning alohida xizmatlarini e'tirof qilmoq zarur. Eng yaxshilari ichra eng yaxshisini tanlash murakkab masala. Barcha narsaga: sifatli xizmat ko‘rsatishning yuqori ko‘rsatkichlari, sug‘urta mukofotlari yig‘ilishining o‘sish sur'atlari, amaldagi sug‘urta agentlarining soni, filialning korporativ rasmiylashtirish standartlariga mos ekanligi, innovasiyalar va xodimlar tomonidan berilayotgan takliflar va boshqa jihatlarga e'tibor qaratildi hamda baho berildi.

Bu gal tanlash oson bo‘lgani yo‘q hamda «Ibratli filial» degan faxrli nomga haqli ravishda Mirzo Ulug‘bek filiali erishdi.

Samarali mehnatingiz, sug‘urta mukofotlarini yig‘ishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligingiz, hisobotlarni yuritishda intizomli ekanligingiz uchun minnatdorchilik izhor qilamiz. Shuningdek kompaniya brendiga yuqori sodiqligingiz hamda uning rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissangiz, ya'ni «Tibbiyot xodimining kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish» yangi turdagi sug‘urta mahsulotini ishlab chiqqaningiz, «O‘zbekturizm» davlat qo‘mitasi huzuridagi o‘quv markazida lisenziatlarga o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganligingiz, sportchilarni sug‘urta qilganligingiz va «PROFI» karate klubini qo‘llab quvvatlaganingiz uchun tashakkur bildiramiz.

Hurmatli Jahongir Bakiyev, Sizni va jamoangizni yuksak e'tirof bilan muborakbod etamiz! Bundan keyin ham yuqori yutuqlarga erishishingizni, raqiblaringiz munosib, jamoangiz ahil, zafar quchishga bo‘lgan ishonchingiz sobit bo‘lishini tilab qolamiz!

Hurmat bilan Gross Insurance jamoasi

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova