Bizda ajoyib yangilik!

Gross Insurance mas’uliyati cheklangan jamiyati aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etilmoqda, biz nafaqat mulkchilik shaklini, balki kompaniya nomini ham o‘zgartirishga qaror qildik, endilikda biz – Gross sug‘urta kompaniyasi deb nomlanamiz. Qayta tashkil etish haqidagi qaror kompaniya ta’sischilari tomonidan qabul qilingan va 2022 yilning yanvaridan kuchga kirgan.