Maxsus texnika — ekskavator, buldozer, kran, yuklagich va boshqa og‘ir qurilish yoki sanoat mashinalari — nafaqat ishlab chiqarish jarayonining asosi, balki katta moliyaviy investitsiyadir. Bunday texnika murobaha yoki qarz majburiyatlari uchun garov sifatida rasmiylashtirilganda, uni ishonchli sug‘urtalash moliyalashtiruvchi uchun ham, texnika egasi uchun ham hayotiy zarurat bo‘lib qoladi.
-Qurilish texnikasi — Ekskavator, buldozer, greyder, tebranma burg‘u mashinalari;
-Ko‘tarish mashinalari — Kran, teleskopik yuklagich, gidravlik lift, avtokran;
-Qishloq xo‘jaligi texnikasi — Traktor, kombayn, o‘rim-yig‘im mashinalari, yerlarni ishlash agregatlari;
-Kon va qazib olish texnikasi — Burg‘ulash qurilmalari, yuk ko‘taruvchi konveyer, kon yuklagichlari;
-Sanoat va ombor texnikasi — Vilkali yuklagich (forklift), ombor kranlari, gidravlik platformalar;
-Kommunal va maxsus texnika — Yo‘l tozalash, qor tozalash, chiqindi yig‘ish mashinalari.
-Maxsus texnikani turli xil tabiiy ofat va yo‘l transport hodisalari natijasida nobud boʻlishi yoki shikastlanishi;
-Uchinchi shaxslarning gʻayriqonuniy harakatlari-oʻt qoʻyilishi, buzilishi, ishdan chiqarilishi, maxsus texnikani yoki uning alohida qismlarini oʻgʻirlanishi oqibatida sugʻurta qilingan maxsus texnikani yo‘qotilishi yoki shikastlanishi;
-Oʻgʻirlash—talon-toroj qilish, olib qochish, o‘g‘irlik, bosqinchilik, shuningdek sug‘urta qilingan maxsus texnikani bunday o‘g‘irlash natijasida shikastlanishi.
Takoful sug‘urtasi uchun ariza rasmiylashtirish
Minglab odamlar va korxonalar o'z manfaatlarini himoya qilishda bizga ishonadi!










