Yuk tashish jarayoni — bu har doim xatarlar bilan birga keladigan mas’uliyatli jarayon. Yo‘lda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday hodisa: avariya, o‘g‘rilik, tabiiy ofat yoki boshqa kutilmagan vaziyat — yuk egasi, yuk tashuvchi yoki boshqa manfaatdor tomon uchun jiddiy moliyaviy yo‘qotishga aylanishi mumkin.
"Gross sug‘urta kompaniyasi" AJ yuklarni ixtiyoriy takoful sug‘urtalash xizmatini taklif etadi. Bu mahsulot Islomiy moliya me’yorlariga to‘liq mos keladi: nojoiz elementlar butunlay istisno etilgan. Yuk tashuvchi ham, yuk egasi ham bir vaqtda ishonchli himoya ostida bo'ladi.
-har qanday sababga ko‘ra yukning barchasi yoki bir qismining zarar ko‘rishi, nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi;
-agar zarar sug‘urta shartlariga ko‘ra qoplanishi lozim bo‘lsa, yukni qutqarish yoki zararni kamaytirish hamda uning miqdorini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan barcha zarur va maqsadga muvofiq boʼlgan xarajatlar.
-Savdo mollari — oziq-ovqat, kiyim-kechak, elektronika, maishiy texnika;
-Qurilish materiallari — sement, metallokonstruksiyalar, jihozlar;
-Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari — don, meva-sabzavot, xom ashyo;
-Sanoat uskunalari va asbob-uskunalar;
-Tibbiy preparatlar va jihozlar;
-Konteynerli va qadoqlangan har toifadagi yuklar.
Takoful sug‘urtasi uchun ariza rasmiylashtirish
Minglab odamlar va korxonalar o'z manfaatlarini himoya qilishda bizga ishonadi!










