Transport vositasi — bu nafaqat harakatlanish vositasi, balki katta moliyaviy investitsiya. Yo‘lda har kuni ko‘plab kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin: avariya, o‘g‘rilik, tabiiy ofat yoki texnik nosozlik. Bunday hollarda transport egasi jiddiy moliyaviy yo‘qotishga duch kelmasligi uchun oldindan himoya chorasi ko‘rish nihoyatda muhimdir.
-Yengil avtomobillar— jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli;
-Yuk avtomobillari;
-Avtobuslar va mikroavtobuslar (yo’lovchi tashish vositalari).
-Suv toshqini, bo‘ron, dovul, jala, do‘l, ko‘p qor yog‘ishi, yer siljishi, ko‘chki, sel, yashin urishi, zilzila, yong‘in, portlash, predmetlar zarbasi/qulashi, yo‘l-transport hodisasi, uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari.
-Uchinchi shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlari – sug‘urtalangan transport vositasining uchinchi shaxslar tomonidan yondirilishi, sindirilishi, shikastlanishi, transport vositasi yoki uning alohida qismlari o‘g‘irlanishi, shuningdek boshqa huquqbuzarlik/qonunga zid/noqonuniy harakatlar oqibatida nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi.
-Transport vositasining nobud bo‘lishi – transport vositasining tiklash xarajatlari uning haqiqiy qiymatiga teng yoki undan ortiq bo‘ladigan darajada zararlanishi. transport vositasi o‘zlashtirilishi uning nobud bo‘lishiga tenglashtiriladi.
-Transport vositasining o‘zlashtirilishi – transport vositasi yoki uning mustaqil mexanizmi, qismi, tizimi, bog‘lovchi qismi, moslama va/yoki tuzilmasining qismlariga noqonuniy egalik qilish maqsadlarida uchinchi shaxslar tomonidan o‘zlashtirilishi, olib qochilishi, o‘g‘irlanishi, bosqinchilik qilinishi.
-Tovar ko‘rinishining yo‘qotilishi – ushbu kichik bo‘limda kelishilgan sug‘urta hodisasi natijasida ko‘rilgan shikastlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilgan sug‘urtalangan transport vositasi ni ta’mirlash va tiklash ishlari hamda ob-havo va/yoki doimiy ta’sir etuvchi omillar oqibatida haqiqiy qiymatining kamayishi va/yoki boshqa zararni anglatadi.
Takoful sug‘urtasi uchun ariza rasmiylashtirish
Minglab odamlar va korxonalar o'z manfaatlarini himoya qilishda bizga ishonadi!










